Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto’g’li Isroil va Hamas tarafidan qabul qilingan 12 soatlik vaqtinchalik o’t ochishni to’xtatish qarori haqida bayonot berdi.
Bayonotda G’azodagi vaqtinchalik o’t ochishni to’xtatish qaroridan mamnun ekanligini bildirgan Dovuto’g’li G’azoda doimiy o’t ochishni to’xtatish qarorini amalda joriy qilish uchun AQShlik hamkasbi bilan Parijda uchrashdi.
AQShning Parijdagi elchiligi binosida bo’lib o’tgan uchrashuvda o’t ochishni to’xtatish qarorini amalda joriy qilish uchun o’rtaga qo’yilgan tashabbuslar muhokma qilindi.
Biroq keyingi olingan xabarlarga ko’ra, o’t ochishni to’xtatish qarori faqat qog’ozda qolgan. O’rtada o’t ochishni to’xtatish qarori imzolanishiga qaramay Isroil uchoqlari G’azoni havodan bambardimon qilishda davom etayotgani aytiladi xabarda.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 12 soatlik o’t ochishni to’xtatish taklifini kiritishi ortidan Hamas so’zchisi Sami Abu Zuhri bu qarorni qabul qilganligini bildirgan edi.
Reyters axborot agentligiga intervyu bergan Isroil armiyasining so’zchisi ikki taraf orasida o’t ochishni to’xtatish qarori mavjud bo’lsa ham tunellarni izlashda davom etishlarini va o’zlariga qilingan hujumlarga javob qaytarishlarini bildirdi.
Isroil armiyasi avvalgi o’t ochishni to’xtatish qarorining muddati tugamay turib G’azoga hujumlarni boshlab yuborgan edi.
Turkiston:
Payg’ambarimiz SAV “Agar uyalmasang (Olloxdan xayo qilmasang) xoxlaganingni qil” dedilar. Xuddi 12 soat ichida biror bir natijali re’jani amalga oshirib oladigandek xursand bo’lishadi. Aslida bu islomiy yurt xokimlari, Isroil bilan xamtavoqliklaridan o’z xalqidan xayiqqanlaridan BMTdan, to’g’rirog’i AQShdan shu kabi nayranglar uyushtirib berishlarini so’ranishadi. Maqsadlari: asosini musulmonlar tashkil etuvchi yurtlari xalqi tomonidan ularga ishonch bildirib berilgan saltanatni ortga qaytarib olishlari uchun norozilik xarakatlarini oldini olish. Negaki, yuqoridagi kabi kufr olamining birin ketin xaddilaridan oshib, quturib borishlari musulmonlarni uyg’onishlarini juda tezlatib yubordi. Natijada, islomiy yurt xokimlari, musulmonlarni islomiy niqob ostida boshqarishlari qiyinlasha boshladi. Ularni qalbaki Islom tuyg’ulari bilan boshqaruv sistemalari o’ta qiyin axvolda qolmoqda. Ba’zi bir yurt etakchilari miq etmay o’tirishgan bo’lishsa, boshqalari yuqoridagi Turk ministrlaridek kufrga qo’shilib nayranglar uyushtirib, oshib borsa xalqi bilan duoi baat qilishdan nariga o’ta olishmayapti.
Aslida esa, Payg’ambarimiz SAV sariyalarida yoki o’zlari chiqqan jixodlarda, avval lashkarni tizib, barcha tadbirlarini bajarib bo’lganlaridan keyin qattiq duo qilishga o’tar edilar. Yoki duoi bat qilishlari, tadbirlarini bajarishlaridan to’sgan emas. Islomiy yurt etakchilariga, agar ular xolis Olloxdan qo’rqishsa, faqat o’z xarbiy kuvvatlarini ishga solishlari vojib edi. Bundan boshqasi ularga nafl. Agar ular shu ishni amalga oshirmagan bo’lishsa, ularga saltanatni berib sukut qilib turgan musulmonlarning barchamiz gunoxkor bo’lamiz.