Jangdan qochishning ajoyib yo’li

430
0

яыыIsroil armiyasi G’azo mintaqasiga hujumlarini davom ettirib oddiy xalq ustidan bomba yog’dirayotgan bir paytda Falastinlik mujohidlar Isroil soldatlarini nishonga olishda davom etmoqda. Mujohidlarning oxirgi hujumida yana sakkiz nafar Isroil soldati o’ldirilganligi bildirildi.

Xabarlarga ko’ra, yahud harbiylari orasidagi yo’qotishlar ularni dahshatga tushib qolishiga sabab bo’lmoqda. Harbiylar orasida sarosima ortib borar ekan, yahud askarlarining aksariyati ayog’idan o’q eganligi matbuotning e’tiborini o’ziga tortdi. Da’vo qilinishicha, jangga kirishdan qo’rqayotgan Isroil askarlari qurolni o’zlarining o’q tegsa xavf tug’ilmaydigan a’zolariga to’g’irlashga majbur bo’lmoqda. Oxirgi paytda 15 nafar isroil askarini to’pig’idan o’q eyishi bu da’volarni yanada kuchaytirdi.

Markazi G’azoda joylashgan “Al’an” sayti Isroil matbuotiga tayanib xabar qilishicha, Isroil askarlari G’azo jangidan qochish maqsadida o’zlarining ayoqlaridan otish hodisalari ortib bormoqda.

Isroil armiyasini dahshatga solgan vaziyatlardan yana biri ularning musulmonlar qo’liga asir tushib qolishidir. Ular musulmonlar qo’liga asir tushib qolishini oldini olish uchun 1980 yildan 2013yilgacha “Gannibal” buyrug’i berilganligi ma’lum bo’ldi.

“Gannibal” buyrug’iga ko’ra, isroil askarlaridan biri musulmonlar qo’liga asir tushib, uni qutqarishning iloji bo’lmasa o’zining safdoshlari tomonidan o’ldirilishi lozimdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.