IShIDning Xalifalikni e’lon qilishi to’g’risida
Xalifalikning e’lon qilinishi dunyo nizomini o’zgartiradi
IShID (Iroq va Shom Islom Davlati) tashkiloti Iroqda Xalifalikni e’lon qilganidan so’ng butun dunyodagi musulmonlarda rostdan ham Xalifalik e’lon qilindimi yo bu quruq gapmi, degan savollar paydo bo’ldi. Shuning uchun musulmonlar bilishi lozimki, har qanday tashkilot biror joyda Xalifalik e’lon qilmoqchi bo’lsa, u albatta Rosululloh Aning bu to’g’ridagi tariqatlariga ergashishi lozim. Shu jumladan, bu tashkilotning o’sha joyda ochiq hukmronligi (hokimiyati) bo’lishi, bu hukmronligi uning ichki va tashqi jihatdan xavfsizligini himoya qilishi hamda Xalifalik e’lon qilinadigan mintaqada davlat tayanchlari bor bo’lishi zarur. Rosululloh A Madinai Munavvarada Islom davlatini barpo etgan paytda aynan shu narsalar mavjud bo’lgan: Masalan, Madinadagi hokimiyat Rosululloh Ada bo’lgan, ichki va tashqi xavfsizlik Islom hokimiyati xavfsizligida bo’lgan, atrof mintaqadagi davlat tayanchlari Madinada bo’lgan.
Ammo Xalifalik e’lon qilgan IShID tashkiloti na Suriyada na Iroqda saltanat (hokimiyat)ga ega emas. Bu tashkilot na ichkarida va na tashqarida xavfsizlik va omonlikni ro’yobga chiqara olgan emas. Hatto ular xalifa deb bay’at qilgan Abu Bakr Bag’dodiy u erda ochiq namoyon bo’la olmaydi ham, aksincha, davlat e’lon qilinishidan oldin qanday yashirin holatda yurgan bo’lsa, o’shandayligicha qolgan! Bu esa Rosululloh Aning holatlariga ziddir. Ul zot Islom davlatidan oldin Savr g’orida yashirinishlariga to’g’ri kelgan. Biroq davlat barpo bo’lgach, ishlarni boshqarganlar, armiyaga qo’mondonlik qilganlar, odamlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ajrim qilganlar, elchilar yuborganlar, o’zlari yashirinmasdan ochiq holda elchilarni qabul qilganlar, chunki davlatdan oldingi holat keyingi holatdan farq qilgan… Xullas, IShIDning Xalifalik e’lon qilishi mazmunsiz bema’ni narsadir. U xuddi oldingi Xalifalik e’lon qilganlarga o’xshaydi, ularning voqeda haqiqati ham, tayanchi ham bo’lmagan. Ular faqat o’zlaridagi ichki hissiyotlarni qondirishgan, xolos. Chunki biri o’zini xalifa deb e’lon qilgan bo’lsa, boshqasi mahdiy deb e’lon qilgan… Ular na tayanchga, na saltanatga ega bo’lishgan, na xavfsizlik va na omonlikni ro’yobga chiqara olishgan…!
Shubhasiz, Xalifalik muhim ahamiyatga ega davlat. Shariat uni barpo qilish tariqatini, boshqaruv, siyosat, iqtisod va tashqi aloqalar… kabi barcha sohalarda ahkomlarni qanday istinbot qilish lozimligini ochiq bayon qilgan. Xalifalik bu elektron saytlarda, televidenie, radio, matbuot kabi axborot vositalaridan ovoza qilingan quruq e’lon emas. Balki u dunyoni titratadigan buyuk hodisa bo’lib, tomiri o’sha erda mustahkam ildiz otgan bo’ladi, saltanati ichki va tashqi jihatdan xavfsizlikni saqlab turadi, ichkarida Islomni tatbiq qiladi, tashqarida uni da’vat va jihod orqali butun dunyoga etkazadi…
Biroq bu erda to’xtalib, bahs-munozara qilish shart bo’lgan boshqa narsa, ya’ni xavf bor. Xavf shuki, IShID tashkilotining bu e’loni sodda fikrlovchi kishilarning Xalifalik to’g’risidagi fikrlariga nisbatan salbiy ta’sir ko’rsatib, bu fikr o’zining oliy mavqeidan tushib ketishi va musulmonlar nazdidagi katta ahamiyatini yo’qotib, juda ham mo’rt fikr bo’lib qolishi mumkin. Natijada biror shahar, maydon yo qishloqdan har qanday kimsa chiqib, o’zini xalifa, deb e’lon qilaverishi, odamlar unga nisbatan yaxshi gumonda bo’lib, atrofiga yig’ilishi mumkin. Ana shunda Xalifalikning soddadil kishilar qalbidagi ahamiyati, buyukligi yo’qoladi, uning har qanday kishi hech mazmun-mohiyatisiz gapiraveradigan chiroyli nomi qoladi, xolos… Obdan o’ylanib ko’rish shart bo’lgan narsa mana shu. Xususan, uning shartligi shundaki, bugun avvalgiga nisbatan Xalifalik barpo etilishiga oz qoldi, musulmonlar uning barpo etilishini sabr-toqat bilan kutmoqdalar. Ular Hizb ut-Tahrirni bu yo’lda Rosululloh Aning Madinai Munavvarada davlatni barpo etishdagi tariqatlarini mahkam ushlagan Hizb deb bilmoqdalar… Shu bilan birga, ular Hizb bilan Hizbni o’z bag’riga olgan Ummat o’rtasidagi jonli ta’sirli aloqa vujudga kelganini ham ko’rib turibdilar. Musulmonlar ushbu ta’sirli aloqadan islomiy birodarlikni anglab etmoqdalar va Hizbning Xalifalik barpo etishga muvaffaq bo’ladi, ishlarni yaxshi boshqaradi, albatta Payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi, deya yaxshi umidda turibdilar. Mana shunday bir paytda bu e’lon chiqib, ushbu sodda odamlar zehnlaridagi Xalifalikni xiralashtirib ko’rsatmoqda, balki aytish mumkinki, uning voqeini qora qilib ko’rsatayotgan bo’lishi ham mumkin.
Shuning uchun barcha islomiy harakatlarga Muhammad A tariqatiga ergashgan holda Xalifalikni tiklash uchun harakat qilish vojib. Zero, faqatgina Payg’ambar tariqatiga ergashish orqaligina Xalifalikni tiklash mumkin, busiz iloji yo’q.
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot bo’limi
Twitter: http://twitter.com/htmediapak
Facebook: http://www.facebook.com/pages/Naveed- Butt-Media-Office-HT/116266191744214
e-mail: htmediapak@gmail.com
Webpage: www.hizb-pakistan.com