Qirg’iz-tojik chegarasida navbatdagi otishma sodir bo’ldi

446
0

9C7D785F-20B8-4E16-94AD-9514CA381B6A_w640_r1_s 2014 yilning 10 iyul kuni qirg’iz-tojik chegarasida ikki davlat chegara xizmatchilari o’rtasida navbatdagi otishma bo’lib o’tdi. Xabar qilinishicha, Botken viloyatida mazkur xodisa yuzasidan tezkor yig’ilish bo’lib o’tgan.

 Avvalroq, Botken viloyat gubernatori Jenish Razaqov 10 iyuldan boshlab Ko’ktosh-Oqtosh-Tomdiq aylanma yo’lining qurilishi boshlanishi va yo’l qurilishini qayta boshlanishi Tojikiston hukumati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida qabul qilingani haqida xabar qilgan edi.

 Mazkur yo’lning qurilishi 2014 yil 11 yanvar kuni bir nechta odamni jarohatlanishiga olib kelgan qirg’iz-tojik chegarachilari o’rtasidagi otishmadan so’ng to’xtatib qo’yilgan edi.

 Qirg’iziston davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAVlari bilan aloqalar bo’limining xabar qilishicha, 10 iyul kuni tojik chegarachilari “Tomdiq” chegara postida joylashgan Qirg’iziston chegarachilarini minomyot va granatomyodlardan o’qqa tutgan.

 O’z navbatida Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi yuz bergan xodisa yuzasidan Qirg’iziston hukumatiga rasmiy nota yubordi. Tojikiston TIV yuborgan notada aytilishicha, “10 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:30larda

 Tojikiston respublikasi Isfara tumanidagi “Voruh” qishloq xo’jaligidagi mahalliy aholi truba yotqizish ishlari bilan shug’ullanib turgan vaqtda “Tomdiq” chegara postida xizmat o’tayotgan qirg’iz chegarachilari kelib ularni xaqorat qilib, ishni to’xtatishni va bu erdan ketishni talab qilishgan. Shu atrofda turgan tojik chegarachilari vaziyatni bilish va qirg’iz hamkasblarini tinchlantirish uchun kelishgan. Bunga javoban qirg’iz chegarachilari to’satdan avtomat quroldan o’q uzishni boshlab yuborishgan. Natijada etti nafar tinch aholi va bir tojik chegarachisi yarador bo’lgan. Bir tojik fuqarosi olgan jarohati sababli xodisa joyida xalok bo’lgan. Shuni qayd etish kerakki, tojik chegarachilari birorta ham o’q otishmagan”.

 Bundan tashqari Voruh anklavida yashovchi tojik fuqarolarining guvohlik berishicha, mazkur otishmada Tojikistonning ikki fuqarosi xalok bo’lib, kamida to’qqiz fuqaro yaralangan. Guvohlardan biri, “ikki yarador xalok bo’lgani”ni aytib, ularning ikkovi ham tinch aholi bo’lganligini qo’shimcha qildi.

 Uning so’zlariga ko’ra, anklavdagi vaziyat qaltis, “mahalliy aholining asablari tarang”. Voruhlik boshqa guvohning aytishicha, ayni vaqtda xodisa joyidan yuqoriroqda joylashgan Xo’ja A’lo qishlog’idagi yo’l yopib qo’yilgan. “Har ikki tomonda Tojikiston va Qirg’iziston chegarachilari turishipti”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.