To’qson uchinchi ramazon xalifasiz o’tmoqda
Ey musulmonlar bu biz xalifasiz kutib olgan eng so’nggi ramazon oyi bo’lsin
Bizni avvali rahmat, o’rtasi mag’firat va oxiri jahannamdan qutulish oyi bo’lgan ramazon oyiga etkazgan Allohga hamd bo’lsin. Mana, To’qson uchinchi ramazon ham xalifasiz o’tmoqda va biz parchalab bo’lib tashlangan holda yangidan ramazonni qarshi olmoqdamiz. Chunki Islom Ummati hijratning 1342 yili Islomiy Xalifalik davlati qulaganidan buyon hargiz yakdil bo’lib ramazonni boshlamadi. Biz xalifamiz bor paytda bir kunda ro’za tutar va bir kunda ramazon hayitini qarshi olar edik. O’shandan buyon fojeadan fojeaga, musibatdan musibatga uchramoqdamiz. Biz parchalandik va kuch-qudratimizni yo’qotdik. Chunki himoyachi davlatimiz qulagan edi.
Bizning sonimiz milliarddan ortdi va biz hanuz selning ko’pigidek ko’pik bo’lib qolmoqdamiz. Bizda Rosul Aning ushbu so’zi namoyon bo’lmoqda:
«يُوشِكُ أَنْ تَدَاعَى عَلَيْكُمْ الْأُمَمُ مِنْ كُلِّ أُفُقٍ كَمَا تَدَاعَى الْأَكَلَةُ عَلَى قَصْعَتِهَا، قَالَ: قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَمِنْ قِلَّةٍ بِنَا يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: أَنْتُمْ يَوْمَئِذٍ كَثِيرٌ، وَلَكِنْ تَكُونُونَ غُثَاءً كَغُثَاءِ السَّيْلِ، يَنْتَزِعُ الْمَهَابَةَ مِنْ قُلُوبِ عَدُوِّكُمْ، وَيَجْعَلُ فِي قُلُوبِكُمْ الْوَهْنَ، قَالَ: قُلْنَا: وَمَا الْوَهْنُ؟ قَالَ: حُبُّ الْحَيَاةِ، وَكَرَاهِيَةُ الْمَوْتِ»
«Sizlarga ummatlar har tarafdan xuddi ochko’z o’z idishiga tashlanganidek hujum qiladi. (Roviy aytadi) biz so’radik: Ey Rosululloh, o’sha kunda biz oz bo’lganimizdan shunday bo’ladimi? Rosululloh A aytdilar: Sizlar o’sha kunda ko’p bo’lasizlar, biroq selning ko’pigidek ko’pik bo’lasizlar. Alloh dushmanlaringiz qalbidan qo’rquvni olib qo’yadi va sizlarning qalbingizga vahn solib qo’yadi. (Roviy aytadi) biz so’radik: Ey Rosululloh, vahn nima? Rosululloh A aytdilar: Hayotni yaxshi ko’rish va o’limni yomon ko’rish». (Ahmad ibn Hanbal).
Shunday qilib Amerika va Angliya boshchiligida salibchi davlatlar Islom yurtlariga tashlanib muborak erlarini bosib oldi, musulmonlarning farzandlarini o’ldirdi, muqaddas joylarini oyoq osti qildi va boyliklarini taladi. Ularga hech kim qarshi turmadi, qolaversa tamoman buning aksi yuz berdi, ya’ni, musulmonlarning hokimlari mustamlakachi kofirlar siyosatiga xizmat qildi. Bu hokimlar zolim diktator rejimlarga qarshi bosh ko’targan qo’zg’olonni badnom qilishga urinishdi. Ular Suriya va Iroqda musulmonlar qoniga xiyonat qilish yo’lida musobaqalashishdi.
Ey musulmonlar, sizlarga ma’lumki, ramazon Qur’on oyi, rahmat, mag’firat, barakot oyi, gunohlardan poklanish va jahannamdan qutulish oyidir. Shuning uchun biz bu oyda farzlardan tashqari nofila amallarni ko’paytirishimiz, tavba istig’for qilishimiz hamda ruku va sajda qilishimiz lozim. Yana sizlarga ramazonning jihod va fathlar oyi ekani hamda to’g’ri yo’ldan boruvchi Xalifalikni tiklash buyuk farz ekani ham ma’lum. Zero, barcha farzlar Xalifalik bilan tamomiga etadi. Xalifalik farzlarning tojidir. Yolg’iz Xalifalik bilan jihod bayrog’i yuksak ko’tariladi, yolg’iz u bilan jonlar, obro’lar va boyliklar himoya qilinadi. Yolg’iz Xalifalik orqali musulmonlar oldingi kuch-qudratini va haybatini qayta tiklaydi. Shunday ekan, keling mana shu sahovatli oyda malomatchining malomatidan qo’rqmay to’g’ri yo’ldan boruvchi Xalifalikni tiklash uchun bel bog’laylik.
Ey musulmonlar, shuncha kutganingiz etar, Xalifalikni tiklash uchun harakat qilish vaqti sizlarga ham keldi. Bas, harakat qilinglar, toki bu oy xalifasiz kelgan eng so’nggi ramazon bo’lsin hamda bizning ramazon avvalgidek nusrat va fathlar ramazoni bo’lib qolsin. Bu Allohga qiyin emas. Biz, Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati a’zolari muborak ramazon oyida sizlarga, barcha musulmonlarga barakot tilaymiz va bu oyni roshid Xalifalikni tiklash uchun nusrat oyi qilishini hamda butun Islom Ummatiga o’z sahovatini ko’rsatishini Allohdan so’rab qolamiz.
«Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to’planursizlar» [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo’limi