Rossiya va AQSh qarama-qarshilik bosqichiga chiqib bormoqda

413
0

U.S.-and-Russian-Flags Rossiya davlat Dumasining xalqaro aloqalar bo’yicha qo’mita raisi Aleksey Pushkovning fikriga ko’ra, AQSh Rossiya bilan aloqalarni uzish bo’yicha o’z tanlovini qilib bo’ldi. Shu munosabat bilan Moskva va Vashington o’rtasidagi aloqalar o’zaro qarama-qarshilik bosqichiga chiqib ulgurdi.

 “Mana shu “sovuq urishga”, Rossiyani ajratib qo’yish siyosatiga qaytishdir – bu esa Obamaning rasmiy siyosatidir, istiqbolda vujudga keladigan munosabatlarda AQSh bilan hech qanday iliqlik bo’lmaydi”, – dedi Pushkov. Pushkovning ta’kidlashicha, “Obama ma’muriyati o’z tanlovini qilib bo’ldi”.

 “Adashmaylik… bu Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga qarshi bo’lgan tanlovdir. Shu sababli ular barcha aloqalarni uzishmoqda, barcha muzokaralarni to’xtatishmoqda… Shuday ekan biz aslida AQSh bilan o’zaro qarama-qarshilik bosqichiga o’tib bo’ldik”, – deya bayonot berdi Pushkov.

 Turkiston:

 Rossiya ikkita jaxon urushidagi bosqinchilarni, Rus xalqining vatanparvarlik tuyg’usining kuchliligi bilan bartaraf etgan. Uning bu quvvati, dushman uning ustiga bostirib kelganida namoyon bo’ladi. Rossiya Ukrainani o’zining tarkibiy qismi deb e’tibor qilar edi. G’arbning bundan keyingi xarakatlarining barchasi, endi Rossiyani parchalash asosida yuritilishi ayon bo’lib boldi. Putin rejimi endi, Rus xalqini milliylik asosida vatanparvarlik tuyg’ularini ishga solmoqchi. Buning uchun u yuqoridagi bayonotlar orqali, demokratik qadriyatlar asosidagi kurash uslublarini buzib bo’lsa xam, o’z yurtining birdamligi uchun qattiq turishga majbur bo’ladi. Chunki milliylik mafkurasi xatto demokratiya mabda’si tomonidan xam tan olingan emas. Milliylik va vatanparvarlik robitalari (bog’lovchi asoslar) faqat urush xolatida kuchayadi, yoki urushlar keltirib chiqaradi. Pushkovning bayonoti, sovuq urush xolati kirib kelganidan ogoxlantirib, xalqni vatanparvarlik tuyg’ularini uyg’otish asosida boradi. Rossiya, islomiy yurtlardan o’laroq barcha balo’ning boshi demokratik qadriyatlarda, uni boshqa davlatlarni parchalab mustamlaka qilish quroli qilib olgan xalqaro sistemani boshqarib kelayotgan davlatlarda ekanini biladi. U o’zini shu sitemadagi davlatlar safidan surib chiqarish uchun qattiq xarakat borayotganini xam anglab etgan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.