Misr davlat televideniyasining xabariga ko’ra, rahbarlar o’rtasidagi uchrashuv 35 daqiqaga yaqin davom etgan. Uchrashuv samalyot ichida bo’lib o’tdi. Chunki Qohiradagi xalqaro aeroportga qo’ngan qirol Abdulloh o’z samolyotidan tushmadi, balki Misr prezidenti As-Sisi, bosh vazir Ibrohim Mihlib va mudofaa vaziri Sidqi Subhi Qirol bilan uchrashish uchun samalyotga chiqishdi.
Saudiya qiroli samolyotdan tushmay Misr rasmiylari bilan uchrashgan bo’lsa ham Misr matbuoti Qrolning safarini rasmiy safar deb talqin qilishi diqqatni tortdi.
Qirol Abdulloh Misrda kechgan harbiy to’ntarishdan so’ng bergan bayonotida Misrning qorong’u tunneldan chiqqanligini ta’kidlagan edi. Misrda harbiy xunta hokimiyatni qo’lga kiritganidan so’ng Misrga iqtisodiy yordamlar ko’rsatgan Saudiya hukumati oxirgi paytda As-Sisining prezidentlik saylovida g’alaba qozongani e’lon qilinishi ortidan Misr uchun donorlar yig’ilishini tashkil qilish zarurligini aytib chiqqan edi.