Lavrov va Kerri YeXHTining Ukraina inqirozini xal etishdagi pozitsiyasini quvvatlashdi

0
376

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri telefon orqali so’zlashuvlarida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Ukraina inqirozini xal etish bo’yicha 2014 yil 17 aprel kuni Jenevada bo’lib o’tgan uchrashuvda tayyorlangan “yo’l xaritasi”ning bajarish bo’yicha ko’rsatayotgan sayi-harakatlarini qo’llab-quvvatlashlarini ma’lum qilishdi.

Xabarda aytilishicha, suhbat mobaynida asosiy e’tibor Ukrainadagi kuchli ichki inqirozini xal etishda xalqaro yordam ko’rsatish masalasiga qaratilgan.

Sergey Lavrov Ukraina janubiy sharqida rasmiy Kiev tomonidan amalga oshirilayotgan harbiy amaliyotlar tezroq to’xtatish, o’t ochishni to’xtatish shartlarini kelishish, gumanitar yordam muammolarini xal etish va Ukraina kelajagini tuzish to’g’risidagi umumxalq dialogini yo’lga qo’yish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Ushbu yo’nalishlarda o’zaro kurashayotgan tomonlarni to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar boshlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

 

Izohlar yo'q