Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tashkil etish haqidagi shartoma imzolandi

450
0

thumbopen29 may kuni Ostona shahrida bo’lib o’tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashining yig’ilishida Rossiya, Belorus va Qozog’iston prezidentlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tashkil etish haqidagi hujjatni imzolashdi. Hujjat joriy yil oxiriga qadar Rossiya, Belorus va Qozog’iston parlamentlari tomonidan tasdiqlanishi rejalashrilmoqda. Mazkur kelishuv 2015 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

Yig’ilishning yakuniy hisobotida qayd etilishicha, tashkil etilayotgan mazkur tashkilot a’zo davlatlar uchun iqtisodini mustaxkamlash, “bir-birlari bilan yaqinlashish”, zamonaviylashish va jahon bozorida raqobatbardoshlik sifatini kuchaytirish imkoniyatini paydo qiladi. Safi yangi a’zolar bilan to’ladigan va Yevroosiyo ittifoqiga aylanadigan Bojxona ittifoqi 170 million aholiga ega dunyodagi yirik integratsiya tuzilmalaridan biri hisoblanadi. A’zo mamlakatlarning umumiy Yalpi ichki maxsuloti (YaIM) 2,7 milliard dollarga teng. Bojxona ittifoqi Yevropa ittifoqi va Xitoydan keyin, dunyodagi yirik uchinchi bozor hisoblanadi. Bojxona ittifoqi etakchilari ittifoq hududini Armaniston va Qirg’iziston hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqdalar.

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev taklifiga binoan Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev ham mazkur yig’ilishda ishtirok etdi.

Yig’ilishda so’zga chiqqan Almazbek Atambaev, “Rossiya va Qirg’iziston maxsus jamg’arma tashkil etish niyatidamiz, bu jamg’arma Qirg’iziston respublikasini Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi davomida moliyaviy ko’mak beradi”, – dedi.

Atambaevning so’zlariga ko’ra, qirg’iz tomoni jamg’armani eng yuqori darajada qo’llab-quvvatlash va yotqiziladigan sarmoyalar xavfsizligini ta’minlash kafolatini beradi.

“Qirg’izistonni Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lishi bu – zaruriyat, bu tashkilot bizning mamlakatimiz rivojlanishi uchun qo’shimcha turtki beradigan va anglab qabul qilingan qaror hisoblanadi”, – dedi prezident.

 Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev bilan bo’lgan ikkitomonlama uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya Qirg’izistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishi mobaynida yordam berishga va elkama-elka turishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O’z navbatida Almazbek Atambaev, agar og’ir daqiqalarda Rossiya ko’mak ko’rsatmaganida, ko’p narsalar qiyinroq kechgan bo’lishi mumkinligini ta’kidlab o’tdi. “Shuning uchun ham biz belgilangan rejalarni amalga oshirish mobaynida paydo bo’ladigan muammolarni xal etishda ko’mak ko’rsatadigan va amalda yordam beradigan yonimizda do’stimiz borligini anglagan holda ishonch bilan bu qaror qabul qilamiz”, – deya belgilab o’tdi Atambaev.

Shuningdek yig’ilishda faxriy mexmon sifatida Armaniston prezidenti Serj Sarkisyan ham ishtirok etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.