Amerika O’zbekistondagi Andijon shahridagi qirg’inga to’qqiz yil o’tganidan keyin «yig’i-sig’i» qilib soxta ko’z yoshlarini to’kyapti!

598
0

01 (1) Amerikaning O’zbekistondagi elchixonasi O’zbekiston tog’uti va uning yugurdak jallodlari 2005 yil may oyida Andijon shahrida amalga oshirgan jirkanch, tuban qirg’in jinoyatiga to’qqiz yil to’lishi munosabati bilan bir bayonot chiqardi. O’shanda xavfsizlik kuchlari o’ta fojeali turmush sharoitlaridan va adolatsiz rejimning zulm siyosatlaridan norozi bo’lib namoyishga chiqqan namoyishchilarning qonini daryo qilib oqizgan edi. Amerika bayonotida quyidagilar keldi: «To’qqiz yil oldin Andijonda ro’y bergan hodisalarga shuncha yil to’lishi munosabati bilan Qo’shma Shtatlar ana shu fojeaning barcha qurbonlariga chuqur ta’ziya bildiradi hamda barqaror va tinch kelajakni bino qilish yo’lida o’zaro yarashuvga va fuqarolar huquqini hurmat qilishni kafolatlash mas’uliyatini his qilishga chaqiradi».

Mana shu quruq, puch gaplar bilan AQSh hukumati O’zbekistondagi Ummatimizning og’riq-alamlari va jarohatlari ustida raqs tushmoqchi, shu maqsadda Amerika jinoyatchi Karimov qirg’in qilgan qurbonlar ustida «timsoh ko’z yoshlari»ni to’kmoqda. Afg’onistondan tortib Pokiston, Yaman va Somaligacha «dron» samolyotlari bilan yuzlab hujumlarni qilishdan uyalmayotgan Amerika shunday soxta ko’z yoshlarini to’kmoqda. Bundan tashqari uning Abu G’urayb, Guantanamo va Bagram qamoqlaridagi olam faxrlanayotgan «sharafli» hazoriy «yutuq»larining uzun ro’yxati ham bor! (AQShning qizil tanli hindularni ommaviy ravishda qirg’in qilish, afrikaliklarni qulga aylantirish, kimyoviy qurol bilan qirg’in qilishdagi «porloq» mustamlakachilik tarixini, Vetnamdagi «yutuq»lari… va boshqa qilmishlarini-ku aytmay qo’ya qolaylik… Uning bunday jinoyatlari ro’yxatini uzoq davom ettirish mumkin)!!

Tinch namoyishchilarning qoni to’kilgan dahshatli Andijon qirg’ini Amerika elchixonasida har ehtimolga qarshi qayd etib qo’yilgan shunchaki bir hodisadir, xolos. Aslida esa Amerikani qurbonlar va ularning yaqinlari tuyg’ulari borasida oldi-sotdi qilib savdolashishdan boshqa narsa qiziqtirmaydi. Iroq, Suriya va Afg’onistonda ommaviy qirg’in qurollari bilan qirg’in qilish to’xtamayotgan bir paytda Amerika «bo’risi»ning yuvoshgina qo’zichoq terisini yopinib olayotganini ko’rar ekanmiz shoirlar amiri Shavqiyning quyidagi so’zlari haq ekanini bilamiz:

 Voizlar libosin kiyvolib tulki

Bizlarga chiroyli so’zlasa hatto

 Voajab tulkining dini bor ekan

 Nasihat olaylik demoqlik xato

Yevropa Ittifoqi ham yomonlikda o’zining «egizagi» Amerikadan aslo qolishmaydi. Chunki hech narsaga arzimaydigan yuzaki jazo choralaridan keyin Yevropa Ittifoqi Karimovning qizil xoch delegatsiyasiga ba’zi qamoqlarni programmalashtirilgan tarzda borib ko’rishiga ruxsat berishiga erishdi. Shundan keyin Yevropa Ittifoqi nog’ora qoqib, olamni boshiga ko’tarib o’zining jazo choralari samara bergani to’g’risida xursand bo’lib hamma yoqqa jar soldi. Lekin bu ittifoq Karimov va uning yugurdak jallodlarining aldamchiligini tushungach qizil xoch o’zining bo’lg’usi ziyoratini bekor qilgan paytda biz evropaliklardan hech narsani eshitmadik! Musulmonlarning hokimlari esa Xalifalik davlatini tiklashga harakat qilib da’vatni etkazayotganlarga qarshi kurashish bilan band. Bu malaylar o’zlarining o’tmishdoshlari fir’avnlar va tog’utlar qismati nima bo’lganidan g’aflatda bo’lib, da’vatni etkazayotganlarga qarshi qanday zo’ravonliklarni qilish to’g’risida shaytoniy hiylalarni ishlab chiqishda bir-birlari bilan kim o’zarga musobaqalashishmoqda!

Ey Islomiy Ummat! Haq Taboraka va Taolo bunday deydi:

óOèdqàÿÏ%ur}(Nåk¨XÎ){tbqä9qä«ó¡¨B «Ularni to’xtatib turinglar! Chunki ular so’ralguvchidirlar»

[Soffat 24] O’zbekiston fir’avnining jinoyatlari qurbonlari vijdoningiz va imoningizga murojaat qilib hayqirmoqda. Alloh haqqi o’zlariga yordam berishingizni so’rab sizlarga hayqirmoqda. Hadisda quyidagi so’zlar kelgan: «اَلْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom bamisoli ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan bir qalqondir».

Shunday ekan, Xalifalikni tiklashga va bitta imomga bay’at berishga harakat qilib zimmangizdagi mas’uliyatni ado etib poklaning. Zero o’shanda mustamlakachining sirtmog’idan va uning mahalliy malaylari zulmidan xalos bo’lasiz, dunyo va oxirat azizligiga erishib zafar topasiz.

Usmon Baxxosh

 Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa –

 «Kolumbia TSentr» – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi14­5010 telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

 elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.