Masjidul Aqso tomonidan Islomiy Ummatga va musulmonlar armiyalariga qarata qilingan qaynoq nido
«(Alloh) bir kecha, O’z bandasi (Muhammad)ni — unga oyat-mo”jizalarimizdan ko’rsatish uchun (Makkadagi) Masjidul Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo’ygan Masjidul Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko’rguvchi zotdir»
Ey musulmonlar… Ey mo’minlar… Ey musulmonlarning armiyalari…
Xalifalik qulatilganiga shuncha yil bo’lishi munosabati bilan biz Aqso maydonlaridan turib sizlarga xayqirmoqdamiz, ikki qiblaning birinchisidan turib sizlarga nido qilyapmiz, ribot eridan turib sizlarning himmatingiz va qat’iyatingizni qo’zg’amoqdamiz, Rosulullohning Isro eridan turib sizlarga qichqirmoqdamiz, Nabiyingiz A oliy osmonlarga me’roj tunida ko’tarilgan pok joydan turib sizlarga xitob qilmoqdamiz.
Mana shu erdan, muborak erdan turib okeandan okeangacha quloch yoygan barcha Islom yurtlaridagi Islomiy Ummatga, Allohu Akbar takbiri etib borgan barcha joylarga murojaat qilmoqdamiz…
Musulmonlarning barcha armiyalariga, xususan Kanona, Pokiston va Turkiya armiyalariga, Shom yurtidagi quvvat ahliga murojaat qilmoqdamiz…
Jismu jonlaringiz Aqso sari mushtoqlik bilan talpinmayaptimi? Peshonalaringiz Aqso tuprog’ida sajdaga bosh qo’yishga mushtoq bo’lmadimi? Yuraklaringiz Aqso bilan yo’liqishni qumsamadimi?
Rosululloh Aning Isro erini ko’rishga mushtoq bo’lmadingizmi? Qonlaringiz Sahobai kirom qonlariga aralashishi uchun jonlaringiz sizlarga bu muborak erda shahid bo’lish haqida so’zlamadimi?
Aqso sizlarga qani Umar Foruq… qani Salohiddin… qani musulmonlar xalifasi deb nido qilmoqda, yoki sizlarga Rosululloh Aning Isro erini yahudiylar o’z iflosliklari bilan bulg’ashayotgani engil, arzimas ko’rinyaptimi?
Odamlar orasida yahudiylar imon keltirgan kishilarga eng ashaddiy adovatli kimsalardir, ular Baytul Maqdisni bosib olishdi, Aqsoga va Salohiddin minbariga o’t qo’yishdi… Azizligingiz belgisi yondirib yuborilgani sababli qalbingiz alam va og’riqdan nahotki olov bo’lib yonmayotgan bo’lsa?
Yahudiylar Aqsoga unda o’zlarining diniy marosimlarini ado etish uchun… uning erini o’zlarining iflosliklari bilan bulg’ash uchun bostirib kirishdi… Aqso bulg’anayotgan bo’lsa ham va unda Allohdan boshqasi ulug’lanayotgan bo’lsa ham sizlar tomoshabin bo’lib qarab turaverasizlarmi?!! Ey mo’minlarning eng sara, yaxshi kishilari sizlar qaerdasiz?!!
Yahudiylarning Aqsoga qarshi o’zlarining da’vo qilishayotgan soxta haykallarini qurish uchun qilayotgan hamlalari tobora avjiga chiqmoqda… sizlarchi, sizlar nima qilyapsizlar?!!
Yahudiylarning Aqso ostida er osti yo’llarini kavlashganini eshitmadingizmi?!… ularning qazish ishlarini eshitmadingizmi?!… yoki Aqsoning qulashini tomosha qilib turavermoqchimisiz?!… Uning binolari emirilishiga beparvo qarab turavermoqchimisiz?!!
Bu Aqsoning Xalifalik qulatilganiga shuncha yil to’lishi munosabati bilan sizlarga qarata: Xalifalikni tiklab meni ozod qilinglar. Xalifalikni tiklab meni qutqaringlar… deb qilayotgan nidosidir.
Ey Shom ahli… Ey eng yaxshi mo’minlar… sizlarga jonlaringiz, ahlingiz va mol-mulklaringizda sinov keldi, uzoq va yaqindagi dushmanlar sizlarga qarshi til biriktirdi. Sizlar uchun Allohdan o’zga yordamchi yo’q… Sizlar uchun Islomdan o’zga qutqazuvchi yo’q… Sizlar uchun imondan o’zga sobit qadam qiluvchi yo’q…
Shom ahli orasida Islomga eng tez kirgan Himsdagi ey sabrli kishilar, ey o’g’lonlar, Alloh sizlarni ikrom qilib O’zining yalang’ochlangan qilichi Xolid ibn Validning so’nggi manzili (qabri)ni sizning eringizda qilib qo’ydi…
Alloh Nuriddin Zangiy bilan nurli qilgan, natijada mujohidlar qo’shinlari salibchilarning qasrlarini yanchib tashlash uchun yo’lga chiqadigan qarorgohga aylangan shahbo (kulrang) Halabdagi ey abrorlar, Shom shaharlarining eng yaxshisi, mo’minlarning qal’asi Damashqdagi ey murobitlar, Musulmonlarning lageri G’utadagi ey qahramonlar, polklar va harbiy otryadlardagi ey eng yaxshi o’g’lonlar…
Biz Aqsodan turib hammangizga: ishingizni jamlang va safingizni birlashtiring deb xitob qilyapmiz.
«Albatta Alloh O’zining yo’lida go’yo tutash binolardek bir safga tizilgan hollarida jihod qiladigan zotlarni sevar» [Sof 4]
Malaylarni va jinoyatchilarni uloqtirib tashlang, Alloh yor bo’lib va Uning tavfiqi ila Shomning eng yaxshi shahri Damashq sari otlaning, zaharli ilonning boshini kesib tashlang, sizlarni Damashqdan to’smoqchi bo’layotgan kimsalarga parvo qilmang, shuni yaxshi bilinglarki nusrat Alloh huzuridan keladi va sizning Mavloingiz Allohdir, anavi kimsalarning esa hech bir mavlosi yo’q.
«Bunga sabab Alloh imon keltirgan zotlarning do’sti-homiysi ekanligi, kofirlar uchun esa hech qanday homiy yo’q ekanligidir» [Muhammad 11]
Damashqdan Aqso sari takbir va tahlillar aytgan holda otlaning… Musulmonlar xalifasi bilan birga Dorul Xilofa markazi Baytul Maqdis sari yo’lga chiqing…
Ey Kanona ahli… Ey Alloh yo’lidagi jihod ahli,
Ey Allohning er yuzidagi Kanonasi bo’lgan Misr armiyasi, sizlar Islom madadi va musulmonlar quvvatisiz, sizlar Hittin va Ayn Jolut qahramonlarisiz, sizlar ramazon qahramonlarisiz, shuning uchun agar fitnachilarning til biriktiruvi bo’lmaganida edi sizlar albatta ancha yillar oldin Suvaysh kanalini takbirlar aytgan holda kesib o’tib Baytul Maqdisni ozod qilish sharafiga erishgan bo’lardingiz.
Ey Misr zobitlari, sizlarning armiyangizga qarshi – uni «terrorizmga qarshi kurash” degan bahona ostida buzib tashlash va tuzilishini vayron qilish uchun – ulkan fitnaga til biriktirildi. Shuning uchun o’ta-o’ta hushyor, ehtiyot bo’ling, butun e’tiboringizni Baytul Maqdisga qarating, musulmonlarni ortingizga to’plang va shuni yaxshi bilinglarki sizlar Alloh izni ila albatta g’olib bo’lasiz.
«Va imon keltirgan zotlarni g’olib qilish Bizning zimmamizdagi haq bo’lgan» [Rum 47]
Ey Azhar ulamolari, orangizda nahotki Izz ibn Abdussalom topilmasa?!… ulamolar Payg’ambarlar merosxo’rlaridir, shunday ekan o’z diningiz ishi uchun qo’zg’aling va Misrni Islomga nusrat berish va Xalifalikni tiklash uchun safarbar qiling…
Ey zobitlar va qo’mondonlar, Salohiddin siyratini yana takrorlang, Uqob (burgut)ning ikki qanoti bo’lmish Misr va Shom askarlarini birlashtiring, Islom Ummatini yuksaklarga ko’tarish uchun va yahud vujudini vayron qilib tashlab, muqaddas Yerni ularning iflosliklaridan tozalash uchun shunday qiling.
Ey Pokiston ahli… Ey taqvo va Islom ahli
Mana Rosululloh me’rojga chiqqan muqaddas Yer yordam so’rab sizlarga xayqirmoqda… Sizlarchi, sizlar nima qilyapsiz?!… Mana Masjidul Aqso yordam so’rab sizlarga nido qilmoqda, sizlar labbay deb javob berasizmi?!…
Ey Pokiston armiyasi… Amerika sizlarni o’z birodarlaringizni qirg’in qilish uchun ishga solmoqda… Amerika sizlarni vayron qilishga harakat qilmoqda… Amerika sizning dushmaningizdir, shunday ekan o’zingizni unga tobe bo’lishdan xalos qiling… Malaylarni orangizdan danakdek tuflab uloqtirib tashlang… Musulmonlar kalimasini jamlab birlashtiring va o’zaro birligingizni qayta tiklang. Chunki sizlar, Afg’oniston, Hind Yarim Oroli, Farg’ona vodiysi va Kavkaz musulmonlari bitta ummatsiz, shuning uchun sizlar Islomga nusrat berishga va dinni qoim qilishga qodirsiz.
Bu Hizb ut-Tahrirning: Xalifalikni tiklang, ko’p sonli armiyalaringiz bilan Baytul Maqdis sari yurish qiling, zero sizlar uni ozod etish sharafiga noil bo’lishga loyiqsiz, deb sizlarga yo’llagan nidosidir.
Ey Turkiyadagi azizlik ahli va turk armiyasi, sizlar Muhammad Fotihning va sulton Sulaymonning nabiralarisiz, sizlar Islomni yoygan, dinni qoim qilgan va muqaddas narsalarni himoya qilgan buyuk sarkardalarning nabiralarisiz, sizlar «jasadimni pichoqning tilka pora qilishi men uchun Falastindan bir qarichni yahudiylarga berishimdan ko’ra engilroqdir» deb aytgan sulton Abdulhamidning nabiralarisiz, Aqso nidosiga javob bering, uni payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikka qaytaring, Aqso masjidida xalifalar davrini yana takrorlang, zero tomirlaringizda Xalifalik hamon urib turibdi.
Ey Yaman ahli… Ey imon va hikmat ahli… Aqso nidosiga labbay deb javob bering… Ishingizni birlashtiring va Xalifalikni tiklang, Arab Jazirasi (Yarim Oroli)ni Islom sultoniga bo’ysundiring… Aqso mezanalari Baytul Atiq (Ka’ba) mezanalari bilan takbir, tahlil aytgan holda hamog’ush bo’lishi uchun… ularda mo’minlar ovozlari tartil bilan ko’tarilishi uchun shunday qiling.
«Yana ayting: Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o’chib-yo’qoldi. Chunki botil yo’qolguvchi narsadir» [Isro 81]
Islomiy Mag’ribdagi ey yaxshilar, qahramonlar va mujohidlar eri Liviyadagi ey hofizu Qur’onlar… ulamolar eri va sarkardalar etishib chiqqan Tunisdagi ey yaxshilar, shahidlar eri Jazoir va Mag’ribdagi ey musulmonlar… Allohga chaqiruvchiga javob bering va Aqso nidosiga labbay deb javob bering, ilmoniylik va zalolatni uloqtirib tashlang, o’rtangizni ajratib turgan soxta chegaralarni yo’q qiling, La ilaha Illalloh Muhammadur Rosululloh royasi tevaragida birlashing, chunki Xalifalik birligingiz va najotingizdir.
Allohu Akbar takbiri etib borgan barcha joylardagi ey musulmonlar
Ey Islom Ummati armiyalari… Baytul Maqdis yordam so’rab sizlarga xayqirmoqda, Aqso sizlarga xayqirmoqda… sizlarga bunday deb nido qilmoqda:
Allohu Akbar Allohu Akbar… Hayya alas solah, hayya alal falah… Sizlarga hayya alal jihod deb nido qilmoqda… Sizlar bu nidoga labbay deb javob berasizmi?! Sizlar uni yahudiylar iflosligidan ozod qilasizmi?! Sizlar Allohga sodiqmisiz?!
«Ey mo’minlar, sizlarga nima bo’ldiki, Alloh yo’lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o’z eringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o’girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo’lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?! Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va o’rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon etkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir» [Tavba 38-39]
Masjidul Aqso nusrat va ozod qilish bilan uchrashish va’da qilingan joydir, musulmonlar xalifasi bilan uchrashish va’da qilingan joydir, Xalifalik qo’shinlari bilan uchrashish va’da qilingan joydir… Mana shu Aqsoning sizlarga yo’llagan nidosidir… Xalifalik Robbingiz rozi bo’ladigan nizomdir va azizligingiz manbaidir. Shunday ekan ey musulmonlar uni tiklanglar, ey zobitlar va askarlar uni tiklanglar.
«Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]
Allohim, bu nidoimizni musulmonlarga etkaz… Allohim, uni musulmonlar armiyalariga etkaz…
Allohim, bizni O’zingning eng yaxshi do’stlaring va eng yaxshi qo’shinlaring bilan qo’lla… Masjidul Aqsoni yahudiylar iflosligidan pokla.
Allohim, musulmonlar saflarini birlashtir, ularning kalimasini dinni qoim qilish asosida jamla.
Allohim, musulmonlarning qat’iyatlarini kuchaytir, xoin, malay hokimlarni ag’darib tashlash uchun ularni qo’lla.
Allohim, O’zingdan payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni… mo’minlar amiriga bay’at berishni… O’z huzuringdan keladigan nusratni so’raymiz, yo Arhamar rohimin.
Valhamdu lillahi Robbil alamin.
Hizb ut-Tahrir Falastin
24 rajab 1435h
23 may 2014m