Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati to’g’risidagi kelishuv 29 may kuni imzolanishi mumkin

747
0

63497237-B0C8-42CA-BA50-77C93C112F52_w640_r1_s 29 may kuni Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tadigan Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati oliy kengashining navbatdagi yig’ilishida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati to’g’risidagi kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan. Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, Rossiya, Belorus va Qozog’iston rahbarlari 2015 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradigan Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati to’g’risidagi kelishuvni imzolashni rejalashtirishgan.

 Xabarda qayd etilishicha, hamjamiyatni barpo bo’lishi unga a’zo davlatlar integratsiyasini yanada yuqori darajaga olib chiqadi. MDH hududida yirik umumiy bozorni paydo bo’lishiga olib keladigan kuchli itisodiy markazni vujudga kelishi o’z marrasiga etib kelmoqda.

 Xabarda shuningdek, uch mamlakat maxsulotlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarini erkin aylanib yurishini kafolatlash majburiyatini o’z zimmalariga olmoqda hamda iqtisodni tayanchi bo’lgan energetika, sanoat, qishloq xo’jaligi va transport sohalarida kelishgan holda siyosat yurgizish amalga oshirilishi belgilab o’tildi.

 Muzokaralar davomida Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hududni tashkil etishni amaliy jihatlari muxokama qilinishi kutilmoqda.

 Bundan tashqari mazkur yig’ilishda, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatini kengaytirish jumladan, Armanistonni Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilishi hamda Qirg’izistonni Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hududiga qo’shilishi bo’yicha “yo’l xaritasi”ning huquqiy masalalari ham ko’rib chiqilishi xabar qilinmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.