Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev chorshanba kuni Shanxayda gijgijlovchi amallar Qirg’izistonda vaziyatini og’irlashtirish va sharoit ularning manfaatida bo’lishni istovchi siyosatchilar tomonidan ijro etilayotganligini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, u bu mavzu xususida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan ham suhbatlashgan va Rahmon ham chegara keskinliklarining chiqishida uchinchi tomonlarning mavjudligini ta’kidlagan.
Atambaev ayrim tomonlar o’z manfaatlari yoki siyosiy maqsadlar uchun chegara hududlari aholisi o’rtasida ixtiloflar chiqarishini aytdi.
Bundan ikki hafta oldin Tojikistonning Isfara va Qirg’izistonning Batken mintaqalari aholisining munoqashasida 8 tojikistonlik va 17 qirg’iz jarohatlangan edi.
Manba: CA-NEWS
Turkiston:
Atambaev uchinchi kuchlar deganida xozir AQSh yoki Rossiyani nazarda tutayotgani bilan, ertaga ularning muomilasining o’zgarishi yoki bosimiga ko’ra uchinchi kuchlar yana islomiy terroristlarga aylanib qoladi. Aslida, uning xozirgi nazarda tutayotgan, katta davlatlarning manfaatlari va shu manfaatlarni xayotda ro’yobga chiqarish uchun olib borishayotgan xarakatlari, biz musulmonlarni o’rtalarimizga sun’iy chegaralar paydo qildi, degan tushunchalari to’g’ri. Endi shu chegaralarda, xar qaysisi o’z manfaatlari ustida bir birimiz bilan o’rtalarimizni buzadigan ishlarni, millatchilik, vatanparvarlik va xatto diniy nizolar keltirib chiqarish bilan bo’lsa xam fitnakashlik ishlarini uyushtirib kelishadi.