Rossiya Xitoyga gaz etkazib berish bo’yicha bitim imzoladi

391
0

 DEE1952D-C52E-43A5-9753-20FCD38AA4A7_w640_r1_s_cx0_cy4_cw0Rossiyaning “Gazprom” va Xitoyning CNPC kompaniyalari Shanxayda gaz etkazib berish bo’yicha bitim imzoladi.

 Rossiya Yevropa Ittifoqi tomonidan bo’ladigan sanktsiyalardan xavotir olib, gaz eksporti uchun muqobil bozor qidirmoqda. Ushbu bitimning shartlari e’lon qilinmagan bo’lsa-da, uning umumiy qiymati 400 milliard dollarni tashkil qilishi aytilmoqda.

 Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Xitoyga eksport qilinadigan gazning narxi evropalik iste’molchilar uchun mo’ljallangan narx siyosatiga yaqin bo’ladi. Xabarlarda aytilishicha, bitim imzolanganidan so’ng “Gazprom” aktsiyalarining narxi 2 foizga qimmatlashgan.

 Bitimga ko’ra, Rossiya Xitoyga 2018 yildan boshlab yiliga 38 milliard kub metr gaz etkazib beradi. “Gazprom” kompaniyasi rahbari A. Miller bitim shartlarini “tijorat siri” deb atagan.

 Ayrim ekspertlarning fikricha, Xitoyga ham o’z elektrostantsiyalarini ko’mirdan tabiiy gazga o’tkazish uchun bu bitim zarur bo’lsa-da, lekin Putinga bo’lgani kabi qisqa muddatlarda imzolanishi shart emas edi. Chunki Ukrainada bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlarining natijalari, qolaversa, mamlakatda tang vaziyatning saqlanib qolishi Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarning navbatdagi bosqichini boshlab berishi xavfi ham yo’q emas. Ammo gaz eksporti 2018 yildan boshlanishini hisobga oladigan bo’lsa, u hozirgi inqirozga u darajada katta ta’sir ko’rsatmaydi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, ming metr kub gazning narhi 350 AQSh dollari atrofida bo’lishi mumkin.

 Hozirgi kunda Rossiya va Xitoyda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi yiliga 90 milliard dollarni tashkil qiladi. Xabarlarda aytilishicha, ikki davlat kelgusi 10 yilda ushbu miqdorni 200 milliard dollarga etkazishni mo’ljallamoqda. Eslatib o’tamiz, Rossiyaning Yevropa Ittifoqi bilan o’zaro tovar ayirboshlash hajmi yiliga 400 milliard dollardan oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.