Shimoliy Atlantika Ittifoqi (NATO) O’zbekiston bilan o’z hamkorligini asosiy yo’nalishlarini kelishib oldi. Bu yo’nalishlar ichida eng ahamiyatlisi mudofaa tizilmalari va harbiy muassasalarni takomillashtirishni o’z ichiga oluvchi harbiy isloxotlar o’tkazishdan iborat bo’ladi. Bu haqda 16 may kuni Toshkentda NATO rasmiy vakolatxonasini ochilishi marosimidan so’ng, NATOning Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili Jeyms Appaturay ma’lum qildi.
“Bugun men O’zbekiston Mudofaa vaziri bilan uchrashdim. Bu uchrashuv mobaynida harbiy ta’lim masalalari ko’tarildi. Jumladan, biz harbiy ta’lim muassasalari va o’quv dasturlarini takomillashtirish zaruriyatlarini muxokama qildik”, – dedi Appaturay.
Uning so’zlariga ko’ra, hamkorlikni ikkinchi yo’nalishi bu – terrorizmga qarshi kurash. “Biz o’z tomonimizdan O’zbekistonga mazkur masala bo’yicha o’quv kurslarini taklif qilyapmiz. Shuni qayd etish kerakki, shu kunga qadar O’zbekiston harbiylaridan iborat bir nechta guruh terrorizmga qarshi kurash bo’yicha NATO dasturi asosida o’quv kurslarini tugallab qaytishdi”, – deb ma’lum qildi maxsus vakil.
Afg’onistondan NATO qo’shinlarini olib chiqib ketilganidan so’ng harbiy texnikalarni bir qismini Markaziy Osiyo respublikalarida qoldirish to’g’risidagi savolga javob bergan Appaturay, barcha qurol yaroqlar Ittifoqqa a’zo alohida davlatlarga tegishli ekanligi va bu masala ikkitomonlama muzokaralar natijasida xal etilishini aytib o’tdi. “NATOning mazkur vaziyatdagi roli – harbiy texnikalarni topshirilishi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni izdan chiqishiga olib kelmasligini eslatishdan iborat”, – dedi NATO vakili.
Turkiston:
Rossiya va AQSh o’rtasida kechayotgan geosiyosiy o’yinlar tobora o’z cho’qqisiga chiqib bormoqda. Rossiyani dunyo siyosatidan chetlatish uchun AQSh olib borgan ishlar Rossiyani har qanday xalqaro qonun va me’yorlarni nazar-pisand qilmay Qrimni anneksiya qilib olishga olib keldi. Rossiya tomonidan amalga oshirilgan bu ishlar AQSh tomonidan NATO tashkilotini kuchaytirish uchun bir bahona bo’ldi.
AQSh nafaqat Ukraina bilan chegaradosh bo’lgan hududlarda, balki Markaziy Osiyo minataqasida ham o’z ishtirokini kuchaytirshga intilmoqda. Toshkentda ochilagan NATO vakolatxonasi faqatgina O’zbekiston respublikasini emas, balki butun mintaqada joylashgan respublikalarni nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari Afg’onistondan olib chiqib ketilayotgan bosqinchi kuchlardan qolgan qurol-yaroqlarni O’zbekistonga qoldirish orqali bu respublikani qurol sohasida Rossiyaga bo’lgan qaramlikdan qisman bo’lsa ham xalos etmoqchi. Bu qurollarga ega bo’lish orqali tabiiyki ulardan foydalanishni o’rgatuvchi, ehtiyot qismlar bilan ta’minlovchi shaxslarga ehtiyoj paydo bo’ladi. Bu esa O’zbekistonda AQShning yangi harbiy bazasi ochilishiga olib keladi.