As-Sisi: Yordam bermasangiz Afg’onistonga aylanamiz

383
0

400x225_266082 Misr prezidentligiga nomzod Abdulfattoh As-Sisi AQShning yordamiga ehtiyoji borligini bildirar ekan, agar yordam kelmaydigan bo’lsa, O’rta sharqda yangi bir Afg’oniston o’rtaga chiqishini bildirdi.

 As-Sisiga ko’ra buning oldini olish uchun Qo’shma Shatatlar Terrorga (Islomga) qarshi kurash borasida Misrga yordam berishi zarurdir. As-Sisi AQShning har yil amalga oshirayotgan 1,3 milliard dollarlik harbiy yordami bu yil ham amalga oshirilishi lozimligini tilga olar ekan, bu yordam Misr inqilobidan so’ng Obama idorasi tarafidan muzlatib qo’yilganligini eslatib o’tdi.

 As-Sisi xususan, AQShdan keladigan harbiy yordamlar Sina mintaqasidagi terrorchi (Jihodiy) guruhlarga qarshi ishlatilishini qayd etdi.

 Axborot agentliklariga intervyu bergan As-Sisi Obamaga murojaat qilib, Sina mintaqasida olib borilayotgan terrorchi (Jihodiy) guruhlarga qarshi amaliyotlar Isroilning xavfsizligi uchun ham zarur ekanligiga ishora qildi.

 “Biz terrorga karshi kurashmoqdamiz. Misr armiyasi Sina oroli terror uyasiga aylanib qolishiga va bu erdan qo’shnilarga zarar etishiga to’sqinlik qilish uchun bu mintaqada katta amaliyotlar uyushtirmoqda”, dedi feldmarshal As-Sisi.

 Turkiston:

 Shu vaqtgacha Misrga AQSh tarafidan berilib kelingan bu yordamlarni xorlarcha so’rash u yoqda tursin, uni qabul qilish Islomda katta jinoyat hisoblanadi. Chunki bu AQShning Misr davlati ustidan hukmronligi davom etishiga yo’l ochib beradi.

 Voqelik shuni ko’rsatib turibdiki, Amerika bu yordamlarni faqat o’z nufuzi va hukmronligini o’rnatish, o’zining va yahud vujudining manfaatlariga xizmat qilishi uchungina bermoqda. AQSh Misrga bu yordam pullarining berar ekan, uning musulmonlar zarariga ishlatilishini kuzatib borish bilan birga Kemp-Devid shartnomasi davom etishini ham ta’minlaydi. Chunki Kemp-Devid shartnomasi yahudiylar uchun hayot-mamot masalasidir. Shuning uchun yahud vujudi mas’ullari Misrga beriladigan Amerika yordamlarining uzib qo’yilishi Isroilga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan xavotir bildirishmoqda.

 Aslida AQSh tarafidan Misrga ajratilgan bu pullarni yordam deyishga ham til bormaydi. Chunki bu yordamlar Misr yalpi mahsulotining ozgina qismiga ham to’g’ri kelmaydi. Ya’ni Amerikaning Misrga ajratgan yordam pullari Misr yalpi mahsulotining 0,3 %idan ham oshmaydi. Agar Kemp-Devid shartnomasini parchalab tashlab, Suvaysh kanalidan o’tish uchun to’lanadigan to’lovlarini bir ozgina ko’tarib qo’yilsa va yahud vujudiga arzimas narxda etkazib berilayotgan gazni uzib qo’yib, uni bozorda umumiy narxlarda sotilsa, shuning o’zi AQSh beradigan mablag’dan ko’ra bir necha barobar ortiq daromadlarni olib keladi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.