Nigeriyadagi mustamlakachilik kurashi va Boko Haromning o’yini!

515
0

E32B90D5-BCE6-4DBE-8240-C1C78C4624E1_w640_r1_sNigeriyadagi mustamlakachilik kurashi va Boko Haromning o’yini!

Frantsiya prezidenti Frantsua Olland kelgusi shanba kuni Parijda sammit o’tkazishga chaqirdi. Bu sammitda Frantsiya hamda Nigeriya prezidentlaridan tashqari Chad, Kamerun, Niger va Benin rahbarlari ham qatnashadi. Olland kecha birinchi bo’lib amerikalik va britaniyaliklardan qizlarni topishda Nigeriyaga yordam berishda faol hamkorlik qilish uchun sammitda qatnashishni talab qildi. Bu qizlarni Boka Harom harakati o’tgan aprel oyining 14 kunida Nigeriya shimolidagi Borno viloyatidan o’g’irlab ketgan edi. Ularning da’vo qilishicha o’g’irlangan qizlarni izlash uchun Amerika o’z ixtiyori bilan josuslik samolyoti Dronni yubordi. Britaniya xavfsizlik va harbiy sohadagi ekspertlar guruhini yordamga jo’natdi. Shuningdek yahud davlati ham yordam taklif qildi. Hatto Xitoy ham xalqaro guruh tashqarisida qolmadi. Chunki u ham yordam taklif qildi.

Bu masalada butun dunyoning qo’zg’alishi va o’g’irlangan qizlarga mustamlakachi davlatlar poytaxtlarining yolg’ondan ko’z yosh to’kishi ortida nima bor. Bu shu darajada bo’ldiki hatto Frantsiyaning sobiq va hozirgi prezidentlarining xotinlari (Karla Bruni va Valeri Trierveylerlar) ham o’g’irlangan qizlarni qaytarishni talab qilish namoyishlarida qatnashishdi. Hatto o’g’irlangan qizlarga yolg’ondan ko’z yosh to’kishda Obamaning xotini ham qatnashdi.

Begunoh fuqarolarni o’g’irlash Islom butunlay rad etadigan ishdir va biz bu o’rinda uni mutlaqo oqlamoqchi emasmiz. Biroq biz shunday savol tashlaymiz: Mustamlakachining musulmonlarga qarshi amalga oshirilgan ommaviy qirg’inda Markaziy Afrika jumhuriyati bilan hamkorlik qilganida bu jonkuyarligi qayoqda edi?! Holbuki, bu qirg’inda shafqatsiz jinoyatlarga qo’l urildi. Rohingiya musulmonlarini quvg’in qilish uchun jirkanchli jinoyatlar amalga oshirilganida mustamlakachining va Birma rejimining bu jonkuyarligi qayoqda edi?!

Nigeriyaning neftga boy va qazilma boyliklari ko’p yurtligi har bir kuzatuvchiga sir emas. Bu boyliklar mustamlakachi davlatlarning so’lagini oqizadigan darajada ko’p. (Hatto Xitoy ham u erdan ulushsiz chiqib ketmaslik maqsadida ularni Afrika qit’asida ham quvib etish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda). Shuningdek oz bo’lsada tushunadigan va aql yuritadigan odamga sir emaski, mustamlakachi davlatlarning qadimda va hozirda amalga oshirgan tuganmas jinoyatlarining qaydnomasi bor. Shuning uchun biz qat’iy ayta olamizki, agar mustamlakachi u er, bu erdagi qurbonlarga ko’z yosh to’kayotgan bo’lsa bu uning insoniyligi belgisi emas balki mustamlakachilik maqsadidir. U bunga g’aflatda qolganlarni ishontirmoqchi bo’ladi. Frantsiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning 13 mayda Vashingtondan turib «Suriya rejimi 2013 yilning nihoyasidan buyon 14 marotaba kimyoviy qurol qo’lladi» deb e’tirof etishi mustamlakachi davlatlarning yolg’onchiligiga eng etuk dalildir. Chunki ular o’ljalar ustidagi kurashda mustamlakachilik siyosatlarini oqlash uchun o’z manfaatlari yo’lida bahona topishda sustlik qilmaydi.

«Og’izlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, ko’ngillari (ahdga vafo qilishga) ibo-or qiladi. Ularning ko’plari itoatsizdir» [Tavba 8]

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.