Prezident Atambaev Xitoyga jo’nab ketdi

397
0

bb2c49717dd4768bc14be3f6ff5539f0 Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 17 may kuni davlat safari bilan Xitoy xalq respublikasiga jo’nab ketdi.

 18 may kuni Xitoyning Shanxay shahrida prezident Atambaev va Xitoy xalq respublikasining raisi Si TSzinpin o’rtasida rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tadi. Shundan so’ng kengaytirilgan tartibda uchrashuv hamda ikkitomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo’lib o’tadi.

 Bundan tashqari Almazbek Atambaev 20-21 may kunlari Shanxayda bo’lib o’tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashning navbatdagi to’rtinchi sammitida ishtirok etadi. Prezident apparatining tashqi siyosatlar bo’limi boshlig’i Sapar Isaqovning xabar qilishiga ko’ra, Almazbek Atambaev mazkur sammitda davlat chegaralari xavfsizligi masalasini ko’taradi.

 Sammitda shuningdek, Xitoy, Afg’oniston, Eron, Qozog’iston, Mongoliya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, O’zbekiston davlat rahbarlari hamda Isroil, Iroq, Vetnam, Misr, Tailand, BAA, Koreya, Hindiston, Malayziya, Falastin va Iordaniya davlatlaridan vakillar ishtirok etishadi.

 Turkiston:

Qirg’izistonga aynan, qo’shni davlatlar bilan o’rtalarida, chegara muammolari uyushtirish orqali bosim berila boshlandi. Atambaev bu ishlarda Rossiyaning qo’li, kamida roli borligini biladi. Qirg’iz davlatining muammosi, uning qo’shni davlatlar bilan o’rtada talabga javob bera oladigan chegara tizimlarining mavjud emasligida. ODKBdan umid qilgan edi,uning boshchisi N Bardyuja Tojikiston bilan Qirg’iziston xar ikkisi uyushmaga a’zo ekanliklari sabab, aralashishdan tiyilishini ma’lum qildi. Gazprom bilan imzolangan shartnoma xam Rossiya tomonidan tubdan buzuldi. Rossiyaning bu be’pisant xarakatlari, Atambaevni o’z xalqi oldida o’ta noqulay axvolga solib qo’ydi. Avvalida Atambaev Putinga qattiq ishonib, unga mexr qo’yib muomila qilayotgan edi. Endi faqat qo’rquv va bosim ostida xarakatlanmoqda. U xatto qandaydir tog’ cho’qqilariga Putinning nomini qo’yish kerakligini ilgari surayotgan edi. Xozirda u Putinning xaqiqiy basharasini ko’ra olgan bo’lsa ajab emas. Shanxaydagi uchrashuvlar, Rossiyaga bir tomonlama suyanib olib ish yuritish siyosatini o’zgartirish mumkinchiliklarini izlash asosida boradi. Atambaev Akaevning olib borgan siyosatini xavas qila boshlagan bo’lsa kerak. Lekin bir necha davlat to’nkarishlar, Qirg’izistonni ilgarigi xolatidan ancha zaiflashtirgan. Qirg’iziston xozir katta davlatlar orasida unchalik axamiyatga ega emas. Rossiya esa Qirg’izistonni xar tomonlama o’ziga qaram qilib bo’ldi. Endi Atambaev bu sistemani musulmonlar ag’darib, yangisini shakllantirib bermaguncha xomtama bo’lishiga xojat yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.