Maktub…

474
0

as Qadrli Zulfiya!

 Bizning yosh, bardoshli va ehtiromga loyiq dingdosh singlimiz!

 Sizning hayot yo’lingiz huddi Allohning payg’ambari (sollallohu alayhi va sallam) davridagi taqvodor musulmonlar tarixi kabi bizlarni ilhomlantirdi.

 Bundan 14 yil oldin o’zbek maxsus xizmatlari tomonidan O’zbekistonga o’g’irlab olib ketilgan otangiz Omonov Hamidullohning o’ldirilish tarixi to’g’risida OAVlariga ma’lum qilaningiz uchungina Islom dushmanlari bugun sizga nisbatan adovat va husumatini to’kib solmoqda.

 O’z otangiz taqdiri to’g’risida haqiqatni aytganingiz sababli ular sizni huddi, jinoyat sodir etgan kishidek hibsda saqlashmoqda.

 Men sizning video murojaatingizni ko’rib, o’z otangizni 5 yoshingizdan buyon ko’rmaganingizni bilgach, ko’zlarimdan achchiq yosh keldi. Bugun esa siz 19 yoshdasiz.

 19 yosh, siz erkak kishi emasligingiz va yosh bo’lishingizga qaramay O’zbekiston va Qirg’iziston mustabid hokimlari to’g’risida oshkora gapirishga o’zingizda kuch va bardosh topa oldingiz. Bardam bo’ling mening suyukli singlim…

 Bugun sizni ustingizda turgan tahdiddan xosil bo’lgan qayg’u, sizni otangiz bilan ayrilig’ingiz vaqtinchalik ekanligi, Alloh shunday sinovlar vositasida sizlarga abadiy Jannat ato etishi to’g’risidagi umid bilan qorishib ketdi. Sinovlar orqali iymon darajasi ziyodalashib boradi va Jannatda bizlarni payg’ambarlar va shahidlar bilan qo’shni qiladi…

 Agarda Sumayya (roziyallohu anho)ning zolimlar qarshisida Haqda sobit turmaganida, Jannatning hushbo’y isini sezmagan ham bo’lar edi. Agar Bilol (roziyallohu anhu)ning elkalarini kuydirgan qaynoq qum ustidagi sabri bo’lmaganda, Allohning payg’ambari sollallohi alayhi va sallamning “Bilol bizning xojamizdir” deganlari kabi hurmatga sazavor bo’lmas edi.

 Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda, Allohning payg’ambari Muhammad sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Agar Alloh biror bandasiga yaxshilikni ravo ko’rsa va uni darajasini ko’tarishni xohlasa, unga sinov yuboradi. Qachonki u banda Allohga duo qilsa, farishtalar, “Ey Robbim! Tanish ovoz” deyishadi. Shunda banda ikkinchi bora duo qilib, “Ey mening Robbim” desa, Alloh unga javoban, “Men seni oldingdaman va seni xursand qilishga tayyorman. Sen nimayki so’rasang, Men senga ato etaman yoki sendan yomonlikni daf qilaman va sen uchun so’ragan narsangdan ziyodasini saqlab qo’yaman”, deydi. Qachonki Qiyomat kuni kelganda, namoz o’qigan, ro’za tutgan, sadaqa qilgan va Haj amalini bajargan musulmonlar keltiriladi. Ularning qilgan solih amallari torozida tortiladi. So’ngra musibatlangan musulmonlar keltiriladi, ularga torozi berilmaydi va hisob-kitob daftarlari ham ochilmaydi. Ularga musibat qanday ketma-ket kelgan bo’lsa, ajr-mukofotlar ham shunday beriladi. Shunda, sinovlarga ro’baro’ bo’lgan odamlarga berilayotgan behisob ajrlarni ko’rib, bu hayoti dunyoda ofiyatda bo’lgan va musibatlanmagan odamlar o’z badanlari bu dunyoda burda-burda bo’lishini xohlab qolishadi”.

 Buyuk Alloh Taolo O’z kitobida aytadi:

 إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُمْ بِغَيْرِ حِسَابٍ

 “Hech shak-shubha yo’qki, sabr toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to’la-to’kis qilib berilur” (Zumar surasi, 10-oyat);

Men Allohdan sizni ham o’shalar safida qilishini so’rab qolaman.

 Bizlarga kelsak, sizning bardoshingiz bizlar uchun namuna va bizlar o’z ibodatlarimizda siz va otangiz haqqiga duoda bo’lamiz…

 Alloh sizni, oilangizni va barcha musulmonlarni yomonliklardan saqlasin.

 Faqatgini Unga suyanamiz va Undangina himoya va panoh so’raymiz…

 Sizni dingdosh opangiz Lutfiya

 Qrim, Ukraina.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.