G’amxo’r Xalifalik yo’q bo’lib, Batul Haddod himoyasiz qoldi
Batul ismli qiz Islomga kirganidan bir necha kun o’tib, o’z otasi tomonidan o’ldirildi. Otasi zarracha ham rahm qilmay, qo’rqmay uning boshiga tosh bilan urib yordi va buning natijasida u hayotdan ko’z yumdi… Allohning dinini mahkam ushlab, ota-bobolari dinini tark etib halok bo’lgan bu qiz Islomdagi birinchi shahid Sumayyaning singlisi va barcha musulmonlarning singlisi bo’ldi…
«Albatta mo’minlar aka-ukadirlar» [Ahqof 10]
Otasi uni zaifaligidan, kuchsizligidan, nizomning va odamlarning unga befarqligidan foydalanib, qo’rqmasdan, shafqatsizlarcha o’ldirdi.
Otasining qo’rqmasdan, shafqatsizlarcha uni o’ldirishi rajab oyining birinchi kunida bo’ldi. Xalifalikning ag’darilishi ham shu oyda bo’lgan edi. Uning ag’darilishi bilan kuch-qudrat sohibi Allohning shariati dunyodan g’oyib bo’ldi. Yordam beruvchi, intiqom oluvchi hamda Batul va u kabi er yuzidagi zaifalarga nusrat-yordam berishga buyurgan Allohning boshqaruvi yo’q bo’ldi. Uning ag’darilishi bilan barcha zolimlar musulmonlar nomusiga va joniga jur’at qiladigan bo’ldi. Uning ag’darilishi bilan hech kimni imonga zo’rlab kiritmagan, balki cherkovdagi zimmiylarning ham nomusi va jonini himoya qilgan buyuk Islom ahkomlari tatbiqdan to’xtadi.
«Dinga zo’rlab kiritish yo’q» [Baqara 256]
Ey musulmonlar!
Darhaqiqat, haq yo’ldagi Xalifalik davlati yo’q bo’lishi bilan Batulni himoya qiladigan qahramonlar ham yo’q bo’ldi. Islom ahkomlari tatbiq qilinmasligi bilan adolat va qasos ham yo’q bo’ldi. Aksincha, malay munofiq hukmdorlar Islom ahkomlarini tatbiq etishga da’vat qilayotgan kishilarga qarshi urushlarini bir zum ham to’xtatishmadi, Xalifalik davlati qayta barpo etilishiga yo’l qo’ymaslik yo’lida bor kuchlarini sarflashda bir lahzalarini ham bekor o’tkazishmadi. Chunki sizning kuch-qudratingiz va ulug’ligingiz Xalifalik davlatidadir. Shu davlat bilan nomuslaringiz himoya qilinadi, jonlaringiz saqlanadi. Bu davlat da’vatni ko’tarib chiqish orqali dinni himoya qiladi va shu davlat bilan Batul qoni uchun qasos olinadi.
Bas, shunday bo’lgach, biz sizni Robbingiz roziligi, dunyoyu oxirat yaxshiligi uchun ichki va tashqi dushmanlarimiz haybatlanadigan ushbu davlatni barpo etishga da’vat qilamiz, Allohning da’vatchilari da’vatini qabul qiling:
«Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to’planursizlar» [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrirning Iordaniyadagi matbuot bo’limi
Elektron pochta: jordan_mo@hizb-ut-tahrir.info