Qirg’iziston Bosh vaziri 2014- yilning yoz fasli uchun Tojikistondan 500 mln. kv/soat elektr energiyasini import qilinishiga xohish bildirgan.
Qirg’iziston Energetika vazirligi mulozimlari Qo’jubek Rispaev, Qirg’iziston Bosh vaziri Jo’mart O’tarboev Tojikiston mulozimlaridan elektr energiyasini sotib olish borasida rasmiy ravishda so’rov yuborganligi haqida xabar qilinmoqda.
Qirg’iziston mulozimlari mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish vaziyati suv sathining pasaygani sababli nomunosib ekanligi va To’qtagul GESida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun etarli suv mavjud emasligi va o’lka janubida aholini gaz bilan ta’minlash to’xtatilganligini qo’shimcha qilishgan.
Bu haqda Tojikiston ommaviy axborot vositalari “Barki tojik” shirkatining matbuot kotibi Nozirjon Yodgoriyning so’zlariga tayanib, Tojikiston Qirg’izistonning elektr energiyasi bilan bog’liq muammolarini bartaraf etish uchun yordam qilishini e’lon qilgan.
Qish faslida elektr energiyasi taqchilligiga uchraydigan Tojikiston Afg’onistonga ham yiliga 1 mlrd. kvt/soatdan ortiq elektr energiyasi sotadi. Ammo uzoq yillardan buyon qishli-qirovli kunlarda o’z xalqini elektr yorug’ligi va issiqligisiz qoldirib keladi.
Turkiston:
Ma’lumki 14 apreldan Rossiyaning GazProm kompaniyasi tomonidan Qirg’iz xalqi uchun uzluksiz berish kafolati ostida imzolangan gaz,Qirg’izistonning janubiy qismidan O’zbekiston xukumati tomonidan to’sib qo’yilgan.
Lekin Qirg’iziston tomonidan oqib o’tadigan Norin daryosini Qirg’iz xukumati tomonidan shu bir necha oy muddatida to’sib olinishi, O’zbekiston qishloq xo’jaligining xalokatiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida Qirg’iz xukumatining Tojikistondan vaqtincha elektr energiya so’rab turishii, o’z xalqini suv omborlaridagi bir necha GESlarini to’sib turish muddati ichida ta’minlab turish uchun. Bu Rossiyaning loixasi bo’lib, O’zbekistonga qarshi jiddiy strotegiyasi. Negaki O’zbek xukumatining xatti xarakati, Rossiyaning obruysizlantirishga qaratilgan. Lekin bu amallar Qirg’iz xukumati vositasida olib borilayotganidan, O’zbek tomonining qarshi zarbasi xam Qirg’iz xalqining boshiga tushadi.Aslida bu Gazpromning muammosi edi. Qirg’iz tomoni undan shartnomada ko’rsatilgan shartlar bo’yicha talab qilishdan nariga o’tmasligi lozim edi.
Yuqoridagi vaximalik bayonotlarga kelsak, xammasi yolg’on. Yoz faslida Qirg’izistonda elektr energiyasidan xech qanday muammo bo’lishi mumkin emas.