Qozog’iston hukumati ham ist’efoga ketdi

326
0

22-7-bigQozog’iston Bosh vaziri Serik Axmetov seshanba kuni bo’lib o’tgan hukumat yig’ilishida o’zini iste’foga ketishi haqida ma’lum qildi.

 “Davlat rahbari bugun mening iste’foimni qabul qildi”, – dedi Axmetov

. Qozog’iston qonunchiligiga muvofiq, Bosh vazirni iste’foga ketishi ortidan vazirlar maxkamasi ham iste’foga ketadi. Yangi vazirlar maxkamasi tashkil etilgunga qadar sobiq vazirlar o’z vazifalarini bajarib turishadi. Serik Axmetov 2012 yil sentyabr oyidan buyon hukumatga rahbarlik qilar edi.

Shu bilan bir qatorda Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev 2 aprel kuni Karim Maksimovni Bosh vazir lavozimiga tayinlash to’g’risidagi qarorga imzo chekdi. Bu haqida Oqo’rda matbuot xizmati Tvitterrdagi sahifasida xabar qildi.

“Mening o’ylashimcha, bu odam barchamizga tanish. U haqida ko’p gapirishimga hojat yo’q. U eng qiyin bo’lgan 2007-2009 yillarda ishladi, biz retsessiya va ishsizlar soni ortishiga yo’l qo’ymadik”, – dedi Nazarboev.

Nazarboevning fikricha, hozirgi vaqtda “mamlakat ichkarisida va xorijiy hamkorlar bilan ongli ravishda ish olib borish zarur”.

“Maksimov hozirgi vaziyatda hukumatni samarali ishlashi uchun eng munosib nomzod, deb hisoblayman”, -deya belgilab o’tdi prezident.

O’z navbatida, parlament majlisi (quyi palata) deputatlari Karim Maksimovni bosh vazir lavozimiga tayinlanishini bir ovozdan ma’qullashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.