Odessada yuzaga kelgan to’qnashuvda 31 kishi hayotdan ko’z yumdi

423
0

загруженноеOdessa politsiyasi rossiyaparast kuchlar bilan Ukraina yaxlitligi uchun namoyish o’tkazayotgan taraflar orasida kelib chiqqan to’qnashuvga doir bergan bayonotida 31 kishining halok bo’lganligini ma’lum qildi.

Bayonotda keltirilishicha, to’qnashuv chog’ida bir guruh insonlar voqea joyidan qochib shahar markazidagi ittifoq binosiga yashirinishga majbur bo’lgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, boshqa bir guruhning yonilg’i to’ldirilgan shishalar bilan hujum qilishi sababli binoda yong’in yuzaga kelgan. Yong’in sababli ichkarida yashiringan kishilardan bir qanchasi tutundan zaharlanib o’lganligi aytilmoqda. O’lganlarning ba’zilari esa binoning yuqori qavatlaridan o’zini tashlab hayotdan ko’z yumgan.

Shuningdek, politsiya juda ko’p kishining jarohat olganligini bildirdi.

AQSh tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Mariya Harf Odessada kechgan hodisalarga oid yozma bayonot chiqarib voqea jarayonida halok bo’lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi. Harf bayonotda xalqaro hamjamiyatning Ukraina xalqini dastaklash uchun birgalikda faoliyat olib borish kerakligini qayd etdi.

O’lkadagi beqarorlik darhol bartaraf etilishi lozimligini ta’kidlagan Harf Ukraina masalasida Jeneva kelishimiga amal qilishga chaqirdi.

“17 aprelda Jenevada kelishilgan majburiyatlarga amal qilinishga takror da’vat qilamiz. AQSh kelishimning amalga oshirilishi uchun dastak berishga tayyordir”, dedi Harf.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.