J. O’tarboev: Maxsus tayinlangan (spetsnaz) polk ichki ishlar organlari faoliyatini yaxshilash uchun tashkil etildi

514
0

51933 26 aprel kuni Bishkek shahrida maxsus tayinlangan polkning nazorat ko’rigi bo’lib o’tdi. Mazkur ko’rikda Qirg’iziston Bosh vaziri Jo’mart O’tarboev ishtirok etdi.

 Polkning shaxsiy tarkibi oldida qilgan chiqishida hukumat rahbari, polkni tashkil etilishi mamlakat uchun muxum voqea bo’lganligiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, Bosh vazir, maxsus tayinlangan polk Ichki ishlar organlari faoliyatini yaxshilash uchun yaqindagina tashkil etilganini belgilab o’tdi.

 “Davlatchilikni mustaxkamlash yil” deb nomlangan yilda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun qo’shimcha imkoniyatlar tashkil etishimiz zarur edi. Biz IIV faoliyatini yaxshilash uchun alohida e’tibor qaratganmiz va bundan buyon ham qaratamiz”,- dedi Bosh vazir.

 “Biz mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ro’y berishi mumkin bo’lgan inqiroziy holatlarni tezkor bartaraf etish uchun 1000 kishidan ziyod xodimlarni xizmatga oldik. 1 martdan boshlab ichki ishlar xodimlarining ish haqlari 30 foizga oshirildi. Ayni vaqtda Ichki ishlar vazirligining maxsus tayinlangan (spetsnaz) polki zamonaviy avtomobil, maxsus vositalar va boshqa zaruriy uskunalar bilan jihozlamoqda”,- deya qo’shimcha qildi O’tarboev.

 Jo’mart O’tarboev, maxsus tayinlangan polk imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularga yuqori darajada talablar qo’yilishini alohida belgilab o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.