Ukraina sharqida notinchliklar davom etmoqda. Mintaqada qurolli to’qnashuvlar davom etar ekan, Slovanskiy shahridagi Rossiyaparast kuchlar Moskvadan qurol talab qilishmoqda.
Yakshanba kuni rossiyaparast kuchlar qo’lida ushlab turgan Slovyansk shahridagi nazorat punktiga qilingan hujumda 3 kishi halok bo’ganligi xabar qilingan edi. Ammo rus matbuoti esa hujum chog’ida5 kishi halok bo’lganligi haqida xabar tarqatdi.
Shaharda vaziyat nazoratdan chiqqanligini qayd etgan Ukraina tashqi ishlar vazirligi mahalliy politsiya markazining rossiyaparast kuchlar tarafidan ishg’ol qilinishi ortidan 400 ga yaqin qurol yaroq fuqarolar orasida tarqalib ketganligini urg’uladi. Unga ko’ra,bu qurollarning noma’lum kimsalar qo’liga o’tib ketishiodamlarning o’limiga sabab bo’lmoqda.
Ukraina sharqidagi rossiyaparast kuchlar esa Moskvadan dastak kutmoqda. O’ziga Slovanski shahar hokmi deb nom bergan Vechezlav Ponamarev Rossiya hukumati va prezident Putindan yordam talab qildi.
“Agar bizga tinchlikparvar kuchlar yubormaydigan bo’lsangiz, unda qurol yaroq yuboring”, dedi u Kremlga qilgan murojaatida.
Ukraina armiyasi tanklar va qiruvchi samalyotlari bilan shaharga kirib kelganligiga diqqat qaratgan Ponamarev qurol aslahaga ehtiyoji borligini bildirar ekan, mintaqaga ziyorat qilishni rejalashtirgan Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakovga tahdid qildi.
“Agar Arsen Avakov bu erga kelsa uni o’zim otib tashlayman”, dedi Ponamarev.