Tojikiston respublikasi Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda va Xitoy Jamoatchilik xavfsizligi vaziri Go Shenkun o’rtasida juma kuni Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan uchrashuv natijasiga ko’ra, Tojikiston va Xitoy davlatlari terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish bo’yicha memorandum imzolandi. Bu haqida Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.
“Imzolangan hujjat terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda huquqiy asosni paydo qiladi”, – deyiladi xabarda.
Tojikiston Ichki ishlar vazirining so’zlariga ko’ra, dunyo miqiyosidagi o’zaro hamkorliksiz bu muammoni xal etib bo’lmaydi. Mazkur yo’nalishda Xitoy boy tajribaga ega va bu tajriba Tojikiston uchun foydali bo’lishi mumkinligini belgilab o’tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari va terrorizm, ekstremizm, separatizm, narkotik va qurollarni noqonuniy aylanmasi hamda transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini muxokama qilishdi.
Ramazon Rahimzoda, jinoyatchilikka qarshi kurashdaTojikiston TIV va Xitoy Jamoatchilik xavfsizligi vazirliklari o’rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorligini belgilab o’tdi.
Turkiston:
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 17 aprel kuni bo’lib o’tgan Xavfsizlik kengashining raislari yig’ilishida Xitoy davlati Rossiya va ShHTga a’zo Markaziy Osiyo respublikalarini Internet ustidan nazoratni kuchaytirish hamda “tashqi kuchlar”ni tashkilotga a’zo davlatlarda inqiloblarni keltirib chiqarishiga yo’l qo’ymaslik uchun boshqa choralarni ko’rishga chaqirdi.
“Tashqi kuchlar” ba’zi mamlakatlarda “siyosiy-iqtisodiy qaramaqarshiliklardan fydalangan holda” hamda “rangli inqiloblarning yangi to’lqinini keltirib chiqarish” orqali hukumatlarni ag’darishga urinmoqda. Bu mintaqa davlatlari sverniteti va xavfsizligi uchun jiddiy tahdid va bu narsa ShHTga a’zo davlatlar uchun umumiy xavotir uyg’otadi” deya ta’kidlab o’tdi Xitoy Jamoatchilik xavfsizligi vaziri Guo Shengkun.
Bundan tashqari Xitoy davlatini rasmiy namoyandasi bo’lgan vazir ShHTga a’zo avlatlarni, “ichki ishlarga chetdan aralashuvga yo’l qo’ymaslik, “rangli inqiloblar” qaytarilishiga yo’l qo’ymaslik, uni oldini olish va aniqlash uchun nodavlat tashkilotlar va ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirishga” chaqirdi. Musulmonlar eri bo’lgan Sharqiy Turkiston mintaqasini mustamlaka qilib olgan va u erdagi uyg’ur millatiga mansub musulmonlarni uzoq yillardan buyon terrorizm va ekstremizmda ayblab ommaviy ravishda qatl qilib, quvg’in va ta’qiblarni to’xtovsiz amalga oshirib kelayotgan Xitoy davlati Markaziy Osiyo respublika rahbarlarini ham o’zidan o’rnak olishga hamda o’zining tajribasidan kelib chiqqan holda musulmonlarni ta’qib va tazyiq ostida ushlashlari uchun bu ularga moddiy va ma’naviy ko’mak ko’rsatib kelmoqda. Xitoyning bu qo’llovi va barcha ishlarni moddiy manfaat ustiga qurgan “demokratik” etakchi davlatlarni sukut saqlashi Markaziy Osiyoning diktator hokuimlari uchun musulmonlarni ta’qib va tazyiqqa olishiga, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etishlariga va hech bir javobgarliksiz qatl qilishlariga juda ham qo’l kelmoqda.