Rossiyadagi Islom nurini o’chirishga ojizlik qilishib, endi, takror-takror tuhmat qilishga tayanishmoqda

480
0

toshMatbuot bayonoti

Rossiyadagi Islom nurini o’chirishga ojizlik qilishib, endi, takror-takror tuhmat qilishga tayanishmoqda

2014 yil 3 aprel payshanba kuni Stavropol sudi Hizb ut-Tahrir a’zosi 1988 yil tug’ilgan Abdurahim Toshmatovni 17 yil qamoq muddatiga, bu muddatni qattiq tartibli, deya tanilgan zonada o’tkazishga hukm qildi. Sud Abdurahimga Rossiya Federal xizmati taqdim qilgan yolg’on va tuhmatlar asosida uni 2013 yil may oyida Stavropolda terroristik amaliyot sodir etishga tayyorlanganlik, degan tuhmat bilan «jinoyatchi»ga chiqardi.

Aslida Abdurahim Toshmatov 17 yil qamoq jazosiga Hizb ut-Tahrir safida Islom uchun harakat qiluvchi xolis da’vatchi bo’lgani uchun hukm qilindi. Ilgari ham u ekstremizm degan yolg’on da’vo bilan 1 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, o’shanda qamoqda uning oldiga Federal xizmatining bir zobiti kelib, Hizb ut-Tahrirga a’zolikdan voz kechmaydigan bo’lsa, unga qarshi yangi jinoiy ish qo’zg’ash bilan tahdid qilgan edi.

Abdurahim qamoqdan chiqqach, kuzatuv ostiga olinadi va hech qancha vaqt o’tmay, uning uyiga qurol tashlab qo’yilib, qayta hibsga olinadi va terroristik amaliyot sodir etishga tayyorlanish maqsadida qurol saqlaganlik, degan soxta ayblov qo’yiladi. Federal xizmat zobiti qilgan tahdid shu tarzda amalga oshirib, ushbu xolis da’vatchi birodar yana qamoqqa tashlanadi.

Butun dunyoga ma’lum bir siyosiy Hizb (Hizb ut-Tahrir) a’zosiga terroristik amaliyotga tayyorlanganlik, degan ayblov qo’yilishi o’ta ketgan nodonlik va ahmoqlik, albatta. Biroq bu Federal xizmatida na mantiq bo’lsin, na aql. Shu bilan birga, unda Islomga qarshi kurashish uchun boshqa hech qanday vosita ham yo’q. Butun dunyo Hizb ut-Tahrirni so’z bilan qurollangan siyosiy hizb sifatida taniydi. Lekin Rossiya Federal xizmati Hizb a’zolariga qarshi kurashda terrorizmga qarshi kurashni dastak qilib, Rossiya jinoyat kodeksidagi ikki moddaga asosan yolg’on ayblovlar tirkab kelgan va hamon shunday qilmoqda. Shubhasiz, Hizbga qarshi to’qilayotgan bunday iflos yolg’on ayblovlar Islom Ummatiga oydek ravshan. Bugun bu narsa Federal xizmati qasd qilgan maqsadning aks natijasini berib, Hizbning musulmonlar o’rtasidagi qudratini yanada oshishiga xizmat qildi. Chunki musulmonlar voqeni o’z ko’zlari bilan ko’rmoqdalar. Shuningdek, bu narsa musulmonlarni tiniq fikrlash va tabiiy his qilish jihatidan o’stirib, ularni adolatni izlaydigan qilib qo’ydi.

Musulmonlarga qarshi to’qilayotgan bunga o’xshash yolg’on ayblovlar Rossiya hukumati qabul qilgan ideologiyaning qarama-qarshiligini ochiq ko’rsatib qo’ydi. Chunki ular Islomning yuksalish olovini o’chirishga ojizlik qilishib, endi, takror-takror tuhmat qilishga o’tishdi.

Biz Islomning keng tarqalishini va fikrlarining odamlarga ta’sir qilishini to’xtatishga urinayotgan kimsalarga quyidagilarni ta’kidlaymiz:

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari real haqiqatga etib borishimizda qurolga muhtoj emasmiz. Chunki biz Rosululloh A bilan ul zotning sahobalari yurgan yo’ldan boramiz. Zotan, ular qo’llariga faqat bitta qurolni, u ham bo’lsa, «La ilaha illalloh» qurolini ko’tarib chiqqanlar. Bunga qo’shimcha, haqning oliyligi va g’alaba qozonishi Alloh Subhanahu va Taoloning va’dasi bo’lib, O’zining izni ila, albatta ro’yobga chiqajak. Biz esa, hozir sinovdamiz, Alloh bizni Islomga xuddi Rosululloh A va sahobalari da’vat qilganlaridek da’vat qilib, uni etkazganlaridek etkazyapmizmi, yo’qmi, sinamoqda! Keyin, siz kofirlar Islomga qarshi kurashlaringizda hech bir yangi narsaning uddasidan chiqolmaysiz. Chunki bizga qarshi qatl ham, qamoq ham, tazyiq ham hargiz sizni biror natijaga olib bormaydi. Alloh Taolo bobolaringiz bo’lgan Quraysh kofirlarini shuncha qilgan urinishlari ortidan xor qilganidek, sizni ham O’z istagi va va’dasi bilan albatta xor qiladi. Alloh Taolo bunday deydi:

«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o’tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob etajak» [An’om 124]

Allohga bergan ahd-paymonlariga rioya qilganlari tufayli qamoqqa tashlangan musulmonlarga kelsak, ular shu asr qahramonlaridir. Ularning amallari Allohning izni ila, tarixda yozilib qolajak. Biz ularga Allohdan sabot berishini, qalblariga xotirjamlik va sabr jo etib, ko’p barobar ajrlar ato etishini so’raymiz, omin! Albatta, Alloh Taolo bunday deya ularga qilgan amallari evaziga ajri azim bilan mukofotlashni va’da qildi:

«Kim (o’z qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o’z ziyoniga buzadi va kim Alloh bilan ahd-paymon qilgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulug’ ajr-mukofot ato etadi» [Fath 10]

Endi, xo’jayinlari buyruqlariga muvofiq musulmonlarni qiynoqqa solayotgan va repressiya qilayotgan kimsalarga kelsak, ular Quraysh zodagonlarining qullaridan farqlari yo’q. Chunki o’sha qullar ham xo’jayinlari buyruqlariga muvofiq musulmonlarni qiynoqqa solishgan va qatl qilishgan. Biroq qudratli va jabbor Alloh Subhanahu va Taolo o’sha jinoyatchilarning hammasidan o’ch oldi, rostgo’y mo’minlarga nusratu yordam va’da qildi. Alloh Taolo bunday dedi:

«Bas, jinoyat qilgan kimsalardan o’ch oldik va mo’minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haqdir» [Rum 47]

Hizb ut-Tahrirning

Rossiyadagi matbuot bo’limi

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.