Lavrov Kerrini ogohlantirdi

400
0

23635 Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiev hukumati Ukrainaning janubiy sharqidagi fuqarolarga qarshi kuch ishlatishi “to’rtlik uchrashuvi”ni barbod qilishidan ogohlantirdi.

Kecha Rossiyaparast kuchlar Ukraina janubidagi Slovyansk shahar kengashi binosini qo’lga kiritib, uning ustiga Rossiya bayrog’ini o’rnatgan edi. Shuningdek,bir necha kishidan iborat qurollangan guruh Slavyansk shaharmilitsiya bo’limini va xavfsizlik idorasini ham bosib olganligi haqida xabar tarqalgan edi.

Shundan so’ng Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov namoyishchilar va terrorchilar orasida farq borligini ta’kidlab, mamlakat janubiy sharqidaaksil terror amaliyoti boshlanganini ma’lum qildi. Avakovga ko’ra, ularga qarshi qat’iy chora ko’riladi.

Biroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShlik hamkasbi Jon Kerri bilan telefon orqali o’tkazgan oxirgi muloqotda Kiev hukumatini e’tirozchilarga qarshi kuch ishlatishini oldini olish uchun unga bosim o’tkazishga chaqirdi.

“Ukrainaning janubiy sharqida Kiev hukumatining fuqarolarga qarshi kuch ishlatishi Ukraina masalasida hamkorlik davom etishini, jumladan Jenevada o’tkazilishi rejalashtirilgan to’rtlik uchrashuvini barbod qiladi”, deya ogohlantirdi Sergey Lavrov.

Boshqa bir jihatdan Lavrov hozirgi Kiev hukumatining qonuniy talablarga va rus tilida so’zlashuvchi fuqarolar manfaatiga befarqligi ekanligi Ukrainada, xususan Ukraina janubiy sharqida yuzaga kelgan siyosiy krizisning asosiy sabab bo’layotganiga Kerrining diqqatini tortdi.

“Kiev hukumati mamlakat taqdirini zimmasiga olishga va barcha siyosiy kuchlarni birlashtirishga qodir emasligini namoyon qildi”, dedi u.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, AQSh tashqi ishlar vazirligi ham Ukrainaning janubiy sharqida yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda ekanligini bildirgan.

 Turkiston:

 Rossiyaning yangi natsizmga o’ta yaqin yo’nalishi, xalqaro xamjamiyatni og’ir axvolga solib qo’ydi. U Rossiya singari katta davlatlar tomonidan olib borilayotgan bunday ishlarga, ikki xil munosabat bildirishi mumkin.

  1. Uni xalqaro norma va qonunlari xududiga xar qanday yo’l bilan qaytarish.
  2.  Putin bilan muzokaralar olib borib, shu natsizmga yaqin yo’nalishni xam qonuniylashtirib qo’yish.

 Tarixdan yaxshi bilamiz Rossiyani o’z xudida xech kim uzoq bosib tura olmagan. Uni bosqinchiga qarshi o’ta kuchli tarixiy xarakteri mavjud. Putin xozirda milliy emmunitetdan ya’ni o’sha Rus millatining eski millatchiligidan kelib chiqqan tuyg’ularidan foydalanib, uni G’arb bosqinchilariga qarshi robita (bog’lovchi) asos qilib olmoqchi. Tarixda bu quvvatdan Frantsuz va nemets bosqinchilariga qarshi o’ta muvoffaqqiyatli foydalanilgan edi. Lekin buning uchun, xozirda shakillanib qolgan bir necha xalqaro qonun va normalarni buzib o’tmasa bo’lmaydi. Demak Rossiya dunyo sistemasining quvvatini o’ylab, uni rivojlantirish bilan o’zi xam birga rivojlanish asosida fikrlashni to’xtatdi. Yoki o’zining xavfsizligi shu darajaga zaiflashdiki, xatto dunyo sistemasining buzib yuborishdan xam tab tortmaydi. Xar qaysi xolatda xam, Rossiyaning bu xarakati, uning xaqiqiy mavqe’yi, dunyo etakchiligini da’vo qiluvchi buyuk davlat emasligiga dalolat qiladi. Qolgan katta davlatlar xam u bilan muzokaralar olib borishi bilan, uning mavqeyiga tushishadi. Demak dunyo sistemasining o’zi o’ta zaiflashgan. U qulash arafasida! Bu Olloxning nusrati! Negaki ularning quvvatlari bilaklarida emas, balki o’sha zaif mabda’larini insoniyatga jumladan musulmonlarga xam singdira olganida edi. Ularning achofatliklari bir birlarini xar tomonlama zaiflashtiradi Insha Ollox. Ular endi bir birlari bilan kelisha olmaydi. Bu urushda Yevropa tugab bitadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.