Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Somih Rayhon Abu Maysaraning Xalifalik istilohi fiqhiy istilohmi yoki siyosiy istilohmi? degan savoliga javob
Savol:
Assalamu alaykum, mening ikki savolim bor:
Islomiy davlat uchun Xalifalik istilohi Alloh shu davlatga farz qilgan fiqhiy istilohmi yoki siyosiy istilohmi?
Javob:
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh
Alloh Ummatga farz qilgan boshqaruv nizomi Xalifalikdir. Shuning uchun Xalifalik fiqhiy istiloh, ya’ni shar’iy haqiqatdir. Shuningdek Xalifalik boshqaruv nizomidir, ya’ni Xalifalikda xalifa amalga oshiradigan siyosiy ishlar mavjud. Buning tafsiloti quyidagicha:
1 – Xalifalik fiqhiy istiloh – «shar’iy haqiqat»dir. Chunki shar’iy nususlar bunga dalil bo’lib kelgan. Jumladan:
– Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]
– Ahmad va Abu Dovud Tiyolisiy Huzayfa ibn Yamondan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A dedilar:
«إِنَّكُمْ فِي النُّبُوَّةِ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا، فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ، ثُمَّ سَكَت»
«Sizlarning orangizda Alloh xohlaganicha payg’ambarlik davom etadi. So’ng Alloh xohlagan paytda uni ko’taradi. So’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng raiyatiga zulm va adolatsizliklar etadigan podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng zolim va zo’ravon (podshohlik) bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi. So’ng Payg’ambar A sukutga cho’mdilar».
– Muslim Abu Hozimning bunday deganini ham rivoyat qildi: men Abu Hurayra bilan besh yil hamsuhbat bo’ldim. Undan Nabiy Aning shunday deganini eshitdim:
«كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأَنْبِيَاءُ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لاَ نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَيَكُونُ خُلَفَاءُ فَيَكْثُرُونَ»، قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: «فُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ، وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»
«Bani Isroilga payg’ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg’ambar halok bo’lsa, ortidan boshqa bir payg’ambar kelardi. Mendan keyin esa payg’ambar yo’q. Xalifalar bo’ladi va ular ko’payib ketadi». Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilar: «Birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar, zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida so’raydi».
– Muslim Abu Said Xudriydan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A dedilar:
«إِذَا بُويِعَ لِخَلِيفَتَيْنِ، فَاقْتُلُوا الْآخَرَ مِنْهُمَا»
«Agar ikki xalifaga bay’at berilsa, ulardan ikkinchisini o’ldiringlar».
Shar’iy nususlar nizom «Xalifalik» ekanini, bu nizomdagi hokimlar esa «xalifalar» ekanini bayon qilgan. Ularni Rosululloh A va xulafoi roshidinlar shunday nomlaganlar. Xalifa mo’minlar amiri va musulmonlar imomi bo’lib, ularni Alloh Subhanahuning shariati bilan boshqaradi. Ya’ni «Xalifalik» va «xalifa» unga dalil kelgan fiqhiy istilohlar – «shar’iy haqiqat»dir. Biz bu dalillarni yuqorida zikr qildik.
2 – Endi Xalifalik nizomining farzligiga kelsak, bunga Qur’on, Sunnat va sahobalar ijmosidan dalillar kelgan. Jumladan Qur’onda Alloh Taolo Rosululloh Aga xitob qilib shunday dedi:
«Bas, ularning o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling va sizga kelgan haqdan yuz o’girib, ularning havoyi nafslariga ergashmang!» [Moida 48]
«(Ey Muhammad), ularning o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling!» [Moida 49]
Rosululloh Aga odamlar o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, deyilgan xitob u kishining Ummatiga bo’lgan xitobdir. Buning mafhumi Rosululloh Adan keyin odamlar o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiladigan hokimni paydo qilinglar deganidir. Bu xitobdagi buyruq qat’iylikni ifoda qilyapti. Chunki bu erda xitob mavzusi farzdir. Bu esa usul ilmida bo’lganidek qat’iylikka dalolatdir. Rosululloh Adan keyin odamlar o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiladigan hokim bu – xalifadir. Mana shunday boshqaruv nizomi Xalifalik nizomidir. Bundan tashqari, hadlar va boshqa hukmlarni qoim qilish vojibdir, ular esa hokim bilangina qoim qilinadi. «Vojib nima bilan tamomiga etsa, u ham vojibdir» qoidasiga binoan shariatni qoim qiladigan hokimni paydo qilish vojibdir. Bunday hokim xalifadir, boshqaruv nizomi esa Xalifalik nizomidir.
Sunnatga kelsak, Nofe’dan rivoyat qilinishicha u dedi: Menga Abdulloh ibn Umar aytdi: men Rosululloh Aning shunday deganlarini eshitdim:
«مَنْ خَلَعَ يَدَاً مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لاَ حُجَّةَ لَهُ، وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»
«Kimki itoatdan bosh tortsa qiyomat kuni Allohga hujjati yo’q holda yo’liqadi. Kimki bo’ynida bay’at yo’q holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi» (Muslim rivoyati). Demak Nabiy A har bir musulmonga bo’ynida bay’at bo’lishini farz qildilar, bo’ynida bay’atsiz holda o’lgan kimsani johiliyat o’limi bilan o’libdi, deb sifatladilar. Bay’at Rosululloh Adan keyin faqat xalifaga beriladi, boshqa hech kimga berilmaydi. Bu hadis har bir musulmonning bo’ynida bay’at bo’lishini vojib qilyapti, ya’ni uning vujudga kelishi bilan har bir musulmon bay’at berishga haqli bo’lgan xalifaning bo’lishini vojib qilyaati. Agar musulmon xalifa mavjud bo’lmay o’lsa uning o’limi johiliyat o’limi bo’ladi. Bu Islom bilan hukm yuritadigan xalifani paydo qilishga harakat qilmaslikning gunohi og’irligiga dalolat qiladi.
Endi sahobalar ijmosiga kelsak, sahobalar – ulardan Alloh rozi bo’lsin – Rosululloh A vafotidan keyin u kishining xalifasini tiklash lozimligiga ijmo qildilar. Sahobalarning xalifani tiklash vojibligiga qat’iy ijmo qilganliklari Rosululloh A vafot etganlaridan keyin Payg’ambarimiz Ani dafn qilishni kechiktirib, u kishining xalifasini tiklash bilan mashg’ul bo’lishlarida yaqqol ko’rindi. Holbuki mayyitni vafot etganidan keyinoq dafn qilish farzdir. Rosululloh Ani tayyorlash va dafn qilish bilan mashg’ul bo’lishlari lozim bo’lgan sahobalardan bir qismi dafn bilan mashg’ul bo’lmay, xalifani tiklash bilan mashg’ul bo’ldilar. Sahobalarning qolgan qismi esa bunga sukut qildilar va ular ham dafnni ikki kecha kechiktirishda sherik bo’ldilar. Vaholanki bunga qarshi chiqishlari va dafn bilan mashg’ul bo’lishlari mumkin edi, bunga qudratlari etardi. Rosululloh r dushanba kuni choshgohda vafot etdilar, seshanbaga o’tar kechasi ham, Abu Bakrga bay’at berilgan seshanba kunduzi ham dafn qilinmadilar. Shundan keyin chorshanbaga o’tar kechasi dafn qilindilar. Ya’ni, dafn ikki kecha kechikdi. Rosululloh r dafn qilinishlaridan avval Abu Bakrga bay’at berildi. Demak, mayyitni dafn qilishdan avval xalifani tayin qilish bilan shug’ullanish ijmo bo’lib qoldi. Bu xalifani tayin qilish mayyitni dafn qilishdan vojibroq bo’lgandagina bo’ladi.
Shunga binoan, Xalifalikni tiklash va xalifani vujudga keltirish eng muhim farzdir.
3 – Endi Xalifalik Islomdagi boshqaruv nizomi ekaniga, unda xalifa amalga oshiradigan siyosiy ishlar mavjudligiga kelsak, siyosat ishlarni g’amxo’rlik bilan boshqarishni anglatadi. Xalifalik va xalifaning asosiy ishi Ummat ishlarini g’amxo’rlik bilan boshqarishdir va hokim tarafidan ishlarning boshqarilishi bu siyosatdir.
Siyosat so’zi lug’atda «ساس يسوس» kalimasidan olingan bo’lib, hokimning ishlarni boshqarishi tushuniladi. Qomusul Muhitda «سست الرعية سياسة Fuqaroga siyosat qildim: Ularni buyurdim va qaytardim» deb keladi.
Muxtorus Sihohda «سوس» moddasida quyidagicha keladi: «سَاسَ الرَّعِيَّةَ يَسُوسُهَا سِيَاسَةً بِالْكَسْرِ». Ummat ishlarini boshqarishni xalifaga bog’lagan hadislar ham kelgan. Jumladan:
Buxoriy Ibn Shihobdan rivoyat qildi… Unga Solimning aytishicha, Abdulloh ibn Umar shunday dedi: men Rosululloh Aning shunday deganlarini eshitdim:
«كُلُّكُمْ رَاعٍ، وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ، الإِمَامُ رَاعٍ وَمَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ…»
«Har biringiz rahbarsiz va har biringiz o’z raiyatidan mas’ulsiz. Odamlarga bosh bo’lgan imom rahbardir va u o’z raiyatidan mas’uldir». Xalifaning ishi fuqarolar ishini g’amxo’rlik bilan boshqarishdir. Hokim tarafidan ishlarning boshqarilishi lug’aviy ma’noga muvofiq siyosatdir.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta