Livandagi Amerika elchisining ovozi Eron jamoasi ovoziga hamohang bo’lib, u armiyani Tripoli va Arsal ahlini qirg’in qilib bostirishga targ’ib qilmoqda
Biz Eron va Saudiya hamkorligidagi hukumatni tashkil qilish amerikaliklar homiyligida va ularning qarori bilan amalga oshganini oldin ham bir necha bor aytgan edik. Shuningdek, Saudiya tomonidan armiyaga moliyaviy yordam berilishi ham amerikaliklar ruxsati bilan bo’lganini, bundan Livandagi qo’zg’olonga yordam beruvchilarni ta’qib qilinishini yashirish ko’zlanganini ham aytgan edik. Mana hozir esa Islomga va uning ahliga xusumatchi bo’lgan Amerika davlatining elchisi qirg’in qilishga armiyani undab aytgan gapi bilan bu ochiq haqiqatni oshkora ifodalamoqda. U «Livan armiyasi so’nggi paytlarda qo’lga kiritgan yutuqlari, ya’ni bir necha qidiruvdagi jinoyatchilarni asirga olishi va o’ldirishi Livanning to’g’ri yo’ldan borayotganini, Livan etakchilarida to’g’ri strategiya borligini hamda ularning terrorga qarshi ushbu urushda muvaffaqiyat qozonishlarini ko’rsatadi» deb bir nechta yutuqlarga ishora qilib o’tdi. Bu elchining «Biz armiya va xavfsizlik kuchlari bo’limlarini Livanning har tarafida, shu jumladan Tripoli hamda Arsal mintaqalarida og’ir, xatarli topshiriqlarni amalga oshirishga chaqiramiz» deb Tripoli va Arsal ahliga armiyani va xavfsizlik kuchlarini dushmanlik qilishga chaqirishi uning iflos basharasini yanada ochib tashladi.
Shubhasiz, Livan hukmdorlari va ularning ortida turgan mahalliy rejimlar (Eron va Saudiya) Amerikani ochiqchasiga surbetlik qilishga ruhlantirmoqda. Zero, ularning islomiy loyihaga ega xolis qo’zg’olonchilarga qarshi kurashishga Amerika bilan til biriktirganliklari barchaga fosh bo’lib, uni yashirish imkonsiz bo’lib qolganini Amerika yaxshi biladi.
Qolaversa, Amerika elchisining bu bayonoti Nabix Berrining shunga o’xshash so’zlari bilan hamohangdir. Nabix Berri ham bir necha kun oldin armiyani zulmga va Tripolining xavfsizligiga zarba berishga chaqirgan edi. Shuningdek, elchining bu bayonoti Eron hizbining (Hizbullohning) shu mazmundagi bayonotiga ham hamohangdir. Endi esa, «Nusratingni Yabrudda ber» degan mazmundagi madhiyani aytgan Eronning bu hizbi hozir «Nusratingni Arsal va shimolda ber» degan mazmundagi madhiyani aytmoqda.
Ular bu madhiyasida armiyani Tripoli va Arsalga zarba berishga chaqirmoqda. Mana shulardan keyin ham eronliklarning, uning Livandagi hizbining, arab davlatlari hokimlarining Shom qo’zg’oloniga qarshi, bu qo’zg’olonni Livanga ulanib ketishiga qarshi va bu qo’zg’olonda namoyon bo’lgan Ummatning umidiga qarshi til biriktirishlari to’g’risida biror oqil odamning shubha qilishi mumkinmi? Ey qarshilik ko’rsatishni da’vo qilayotganlar, shuncha yolg’onlaringiz etar endi. Darhaqiqat, niqob ochilib sizlarning haqiqiy basharangiz fosh bo’lib qoldi! Ularning haqiqiy basharasini fosh qilgan qo’zg’olonga olqishlar bo’lsin! Bu qo’zg’olon ularning yuzidan niqoblarini ochib tashladi, makkorlarning makrini va dushmanlik qiluvchilarning dushmanligini fosh qildi.
Hizb ut-Tahrirning
Livandagi matbuot bo’limi
Telefon: 009616629524
Faks: 009616424695
Elektron pochta: ht@tahrir.info
Hizb ut-Tahrirning matbuot bo’limi sayti: www.hizb-ut-tahrir.info