Qozog’iston separatizm uchun jazoni kuchaytirmoqda

516
0

02

Jinoyat kodeksining yangi loyihasiga ko’ra endilikda Qozog’iston hududiy yaxlitligini noqonuniy o’zgartirishga chaqiriqlar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi nazarda tutilgan.

“Jinoyat kodeksi loyihasiga, separatistik harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortishni o’z ichiga olgan yangi modda kiritildi. Qozog’iston respublikasi hududiy yaxlitligini noqonuniy, kostitututsiyaga zid ravishda o’zgartirishga chaqiriqlar, dezintegratsiya (yaxlit hududni bo’laklarga bo’lish) jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladigan harakatlar deb hisoblanadi”, -dedi Bosh prokuratura boshqaruv departamenti boshlig’i Arman Ayaganova.

“Mazkur modda og’ir jinoyatlarga taalluqli va birinchi qismi bo’yicha maksimal etti yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan. Agar mazkur harakatlar mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilsa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi”, – deb aniqlashtirib o’tdi departament boshlig’i.

Qozog’istonning amaldagi jinoyat kodeksining 170 (Konstututsion tuzumni kuch bilan o’zgartirish yoki bosib olish yoxud Qozog’iston respublikasi hududiy yaxlitligini kuch bilan o’zgartish) moddasi jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. OAVlari orqali separatistik chaqiruvlar uchun jarima yoki uch yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan edi.

Arman Ayaganovaning tushintirishicha, internet ham Ommaviy axbarot vositalariga teng bo’lganligi uchun, mazkur modda saytlarda separatizmga taalluqli chaqiriqlar va targ’ibotlar uchun ham tatbiq etiladi.

Jinoyat kodeksining yangi loyihasi prezident Nursulton Nazarboev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va ayni vaqtda bu qonun loyihasi parlamentda muxokama qilinmoqda.

Turkiston:

Har qanday xalqaro qonun va me’yorlarni mensimay Rossiya tomonidan Qrimni anneksiya qilib olinishi Qozog’iston prezidentini xalovatini o’g’irlab qo’ydi. Chunki, Qozog’istonning Rossiya bilan chegaradosh bo’lgan shimoliy mintaqalarida rusiyzabonlar ko’pchilikni tashkil etadi va Rossiya istagan vaqtda “o’z fuqarolarini himoya qilish” bahonasi bilan bu erda ham tartibsizliklar keltirib chiqarishi va o’zi istagan vaqtda bu mintaqalarni ham “referendum” yo’li bilan o’z hududiga qo’shib olishi mumkin bo’ladi. Bu esa Nazaboev uchun istalmagan ish hisoblanadi.

Shu sababli Nazarboev shoshilinch sur’atda yangi jinoyat kodeksi ishlab chiqish va mavjud jazo choralarini yanada kuchaytirish harakatiga tushib qoldi. “Rus xalqini himoya qilish” bahonasi Rossiya uchun o’z izmiga yurmayotgan sobiq va amaldagi mustamlakalari ustidan bosim o’tkazishni yangi quroliga aylanib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.