Qrimda Hizbut Tahrirni ta’qiqlashga chaqiriq

325
0

2

Qrim bosh vazirining o’rinbosari Rustam Temirgaliev Hizbut Tahrir Islomiy partiyasi Rossiyada terror guruhi sifatida qabul qilinganligini tilga olar ekan, Qirimning Rossiyaga bog’liqligi tufayli Qrimda ham ta’qiqlanishi lozimligini bildirdi.

“Qrim Rossiya federatsiyasining bir bo’lagidir. Tabiiyki, federal qonunlar bu erda ham tatbiq etilishi lozim. Hizbut Tahrir Islomiy jamoasi Rossiyada ta’qiqlangan. Shunga ko’ra, Qrimda ham ta’qiqlanmog’i lozim”, dedi Rustam Temirgaliev.

Hizbut Tahrir Islomiy partiyasi Qrimda rasmiy qayddan o’tmagan bo’lishiga qaramay, u erda taqriban o’n yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U Oqmasjidda bir necha bor konferentsiyalar va mitinglar tashkil qilgan. Bundan tashqari Qrimda Hizbut Tahrir o’ziga oid bir gazeta ham chiqaradi.

Hizbut Tahrir Islomiy partiyasining Qrim musulmonlarining uyg’onishiga katta ta’siri bo’lganligi voqedan ko’rinib turgan bo’lsa-da, Rustam Temirgaliev oxirgi yillarda uning xalqqa ta’siri bo’lmay qolganligini da’vo qildi. Unga ko’ra shu sababli Hizbut Tahrir Islomiy partiyasiga ehtiyoj qolmagan.

“Hizbut Tahrir Islomiy partiyasining gullab yashnashi davr taqozosi edi. Ammo endi uning Qrim tatarlariga deyarlik ta’siri qolmadi. Hozirda uning tarkibidagi insonlarning o’zlari ham partiyadan chiqadi deb o’ylayman”, dedi.

Rustam Temirgaliev Hizbut Tahrir nima uchun Rossiyada ta’qiqlangani hamda uning Qrim tatarlariga deyarlik ta’siri qolmagan bo’lsa, uning ta’qiqlanishi nima hojat borligi haqida to’xtalmadi.

Turkiston:

Alloh sabr bersin Qrimdagi birodarlarimizga, qattiqroq sinov kelayotgan ko’rinadi. U birodarlarimiz, shu kunlargacha Alloh bergan marxamatli kunlardan juda manfaatli foydalanishdi. Ular Hizb ut Tahrirni dunyoga tanilishiga va insoniyat bu Hizbni o’zi uchun najot topishining yagona shar’iy yo’li ekanini anglab etishiga juda katta xissa qo’shishdi. Ular Arab olami bilan Yevropa olami o’rtasida ko’prik vazifasini bajarib, Yevropa musulmonlariyu g’oyrimusulmonlarining Islomga bo’lgan ko’zqarashlarini amalda o’zgartira olishdi. Alloh suygan bandalarini, oxiratdagi martabalarini shu dunyoda balandroqqa ko’tarib olishlari uchun shu tariqa, ya’ni xar xil balolar yuborish bilan sharoitlar yaratib beradi. Birodarlarimizga Allohning ofiyatini va nusratini so’rab qolamiz. Biz sizlarni Alloh uchun qanchalik yaxshi ko’rsak, sizlarning dushmanlaringizni shunchalik yomon ko’ramiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.