Amerika qo’shma shtatlarida joylashgan “Hudson” instituti qoshidagi Yevro Osiyo siyosati markazining mudiri, Hizbut Tahrir bo’yicha tadqiqotchi, Turkiyalik «mutaxassis» Zeyno Baran “Hudson” institutida tashkil qilingan anjumanda nutq so’zladi. U o’z nutqida Hizbut-Tahrirning Islom ummatiga o’tkazayotgan ta’siri haqida so’z yuritdi. “Bugungi kunga qadar Hizbut-Tahrirning eng katta muvaffaqiyati Islom dunyosi ichidagi bahs munozalarni bir tomonga qarata yo’llantira olishidir. Bir necha yil avval juda ko’p Islomiy jamoalar yangidan Xalifalik davlatini tiklash fikriga shunchaki bir xom xayol deb qarashardi.
Bugunga kelib bunga jiddiy bir maqsad sifatida qarashmoqda va bunday insonlarning soni kundan kunga ortib bormoqda. Hizbut-Tahrir o’n yillar mobaynida Islomiy xalqlar ichida faoliyat olib borar ekan, bugungi kunda Musulmonlar orasida o’zining fikrlari dindan kelib chiqqanligini his ettira olganligi bilan va sulolalar va irqlar yoki milliy qadriyatlar oldida emas, dinlari oldida qarzdor ekanliklari hissini uyg’ota olganligi bilan faxrlanishi mumkin”, dedi u.
Zeyno Baran avval ham Hizbut Tahrirning «inqilobiy» maqsadlarini va taktikalarini yoritib qator doira suhbatlarini o’tkazgan edi. U o’z tadqiqotlaridan kelib chiqib Hizbut-Tahrirni “so’z erkinligini himoya qilish” nuqtai nazaridan turib himoya qilmaslik kerak, degan fikrni olg’a surgan edi.
«Hizbut-Tahrir Boshqa jamoalarga o’xshab bir yoki bir necha davlatlarda emas, hamma joyda butun ummatni oyoqqa turg’azish va Xalifalik davlatini tiklash haqida so’z yuritayotgan yagona hizbdir. U o’zi da’vat olib borayotgan davlatlarda keng tarqalib bormoqda. U ancha jiddiy siljishga erishdi. Bu Hizb fikrlar kurashidagi asosiy o’yinchi sifatida juda xatarlidir», “Hizbut Tahrir butun kuch-g’ayratini bevosita ish olib borishga emas balki fikriy kurashga qaratgan. Uning maqsadi hozirgi islomiy davlatlar va g’arb hukumatlarini ag’darib tashlab Xalifalikni qurishdir”. degan edi u o’shanda.