Rossiya Amerikani Kievdagi maydonda sodir etilgan jinoyatlar ustida, xususan snayperchilar masalasida tekshiruvlar olib borishga chaqirmoqda. Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 8 mart kuni e’lon qildi.
Lavrov Tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Aslov bilan uchrashuvidan so’ng o’tkazgan matbuot anjumanida bu borada tekshiruv olib borish zarurligini ta’kidlar ekan, snayperchilar haqidagi ma’lumotlarni yashirish mumkin emasligini urg’uladi.
Rossiya bor kuchi bilan harakat olib borayotganini ishora qilgan bosh vazir Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Snayperchilar masalasini hal qilishi lozimligini ta’kidladi.
“Ukraina muvaqqat hukumati deb nomlangan narsa mustaqil emas, hokimiyatni bosib olgan ekstrimistlarga bog’liqdir. G’arb davlatlari ular kimligini yaxshi biladi, biroq siyosiy sabablarga ko’ra voqeani yashirishga harakat qilmoqda”, dedi bosh vazir so’zi davomida.
Boshqa bir tarafdan Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan yana telefon orqali bog’lanib Ukrainadagi vaziyatni yangidan muhokama qildi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligining bayonotiga ko’ra, Rossiya tarafning tashabbusi bilan tashkil qilingan ikki vazir o’rtasidagi muhokama Ukraina va Qirim masalariga qaratilgan. Ikki taraf ham Ukraina inqirozini tartibga solish masalasida doimo bog’lanib turishga kelishib olganligi qo’shimcha qilinadi vazirlik tarqatgan bayonotda.
Lavrov 7 mart kuni Voshingtonni shoshma-shosharlik bilan o’ylanmay tashlangan qadamlar Amerika va Rossiya o’rtasidagi aloqalarga zarar berishidan ogohlantirgan edi. Lavrov telefon orqali AQShlik hamkasbi Jon Kerri bilan so’zlashuvi chog’ida “bu qadamlar Qo’shma Shtatlarning o’ziga qaytadi”, degan edi.