O’zbekistonda yana bir guruh “ekstremist”lar ozodlikdan mahrum etildi

464
0

1a35ebd8

“Podrobno.uz.” nashri tarqatgan xabarga ko’ra, Toshkent shahar O’rtachirchiq tumani jinoyat ishlari bo’yicha sudi bir guruh ekstremistlar ustidan ishni ko’rib chiqdi.

Nashriyotning yozishicha, ayblanuvchilar Kamoliddin Ortiqboev va Rifxat Temirovlar o’zlari shubhalanmay ixtiyoriy ravishda To’lqin Ergashov tuzgan diniy ekstremistik guruhga kirib qolishadi. Ulardan tashqari mazkur guruhda Islom haqida ko’proq narsani bilishni istagan boshqa yosh yigitlar ham bo’lgan. Bular Alisher Yusufbekov, Farxod va Ikrom Salomatovlar, Ilhom Nurmatov, Tohir Umurboev, Asqarali Urolov, Dilshod Yahyoev , Azim Toshmatov, Dilmurod Rustamov, Sobir Hamroev, Abdulhamid Dadaboev, O’tkir Jumaniyozov, Ikrom va Baxrom Xoshimovlar, Akbar va Muhammad Mahkamovlar, Ozod Tursunov, Gabdurafiq Temirboev, Ubaydulla Axmedov, Xusanboy Yuldoshev, Karim To’laganov va boshqalar bo’lishib, tergov organlari ularni so’roq qilishga muvaffaq bo’lishmagan.

Yoshlarning ongiga jinoiy g’oyalarni quyish uchun uzoq yillar sarflangan. Bu noqonuniy guruhning etakchisi T. Ne’matov 1994 yilning bahor oylarida Toshkent shahridagi Chorsu masjidi oldida “Jihod” harakati rahbari Abduvali Mirzaev va uning o’g’li Abdulquddus Mirzaevlar bilan tanishib qolgan va ular shu vaqtdan boshlab Toytepada maxfiy yig’ilishlar o’tkaza boshlashgan.

Yig’ilishlar ijaraga olingan mahsus kvartirada bo’lib o’tgan. Bu yoshlarga “jihod” to’g’risida va bunday guruhlarni har bir shahar va tumanlarda tashkil etish zarurligi hamda hokimiyatni egallash uchun terroristik hujumlar uyushtirish kerakligi haqida gapirishar edi. Buning uchun mazkur g’oyani odamlar, do’stlar va tanishlar orasida yoyishlik kerakligini uqturib kelishgan. Ular ko’plab yoshlarni ishonchiga kirishga muvaffaq bo’lishgan, deyiladi maqolada.

Turkiston:

Islom va musulmonlarga nisbatan e’tiqodiy dushman bo’lgan Karimov uzoq yillardan buyon O’zbekistondagi musulmonlarni ta’qib va tazyiq ostiga olish uchun o’z imkoniyatidagi barcha razil va jirkanch ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

MXX va IIV xodimlari o’zlariga topshirilgan rejani bajarish, mukofot olish yoki mansab pillapoyasida ko’tarilish uchun O’zbekistondagi xohlagan kishidan “terrorist” va “ekstremis”larni “yasashda” ustasi farang bo’lib ketganlari hech kimga sir emas. Buning oqibatida qanchadan-qancha oddiy dindor va namozxonlar nohaqdan zulm ko’rib, bu kuch organlari solgan g’ayriinsoniy qiynoqlar ostida qilmagan jinoyatlariga ham iqror bo’lshdi. Shundan so’ng bu bechora mazlumlarni televideniya va matbuot orqali butun O’zbekiston xalqiga ashaddiy terrorist qilib namoyish etishadi.

Bu rasmiy hukumat kuchiklari musulmonlarga nisbatan shunday tutruqsiz ayblovlarni yopishtirishadiki, ularni o’qigan yoki ko’rgan insonning ensasi qotadi. Bular loaqal jo’yali ayb topishni ham uddasidan chiqa olishmaydi.

O’tgan haftada ayrim nashrlar orqali e’lon qilingan xabarda, O’zbekiston bo’yicha qaryib 1500 kishiga nisbatan qidiruv e’lon qilingani ma’lum bo’ldi. Rasmiy hukumat tomonidan qidiruv e’lon qilingan odamlarning aksari qidiruvda ekanliklarini hatto o’zlari ham bilishmaydi.

Tirikchilik sababli Rossiyada bir necha yil ishlab uyiga qaytayotganida aeroportda yoki temir yo’l vokzalida qo’lga olingan ko’plab o’zbekistonliklar ham qidiruvda ekanliklarini bilishmagan.

Bu qonxo’r Karimov O’zbekiston musulmonlarini xorlash va Islom dinidan chalg’itish uchun har qanday tubanliklardan foydalanishdan ham toymayapti. Uning bu ishlarida yordam berishda“saroy ulamolari” ham kimo’zarga poyga qilishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.