Uchuvchisiz samolyotlar Tojikistonda

449
0

140215143939_almati_protest_304x171_youtube-300x168

Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi o’z harbiy qurollari safiga qo’shimcha uchuvchisiz samolyotlarni qabul qilib oldi.

“Zvezda” telekanalining xabar qilishicha, Tojikistondagi Rossiyaning 201- harbiy bazasi joylarni razvedka qilish va radioto’lqinlarni aniqlashga mo’ljallangan “Zastava”, “Granat” va “Leer” rusumli uchuvchisiz samolyotlarni qabul qilib oldi.

Markaziy harbiy okrug rasmiy vakili polkovnik Yaroslav Roщupkinning ma’lum qilishicha, “Gosoboronzakaz” doirasida etkazib berilgan yangi modellar qo’shin harakatini ta’minlash va artilleriya zarbalarini yanada samaraliroq bo’lishiga xizmat qiladi.

Uning so’zlariga ko’ra, uchuvchisiz samolyotlar “hududni kunduzgi va tungi vaqtlarda razvedka qilish va ma’lumotlar bilan ta’minlab berish orqali bo’linmaning harbiy imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi”.

“Granat” va “Zastava” apparatlari joylarni video va foto suratlarini olishga mo’ljallangan. “Leer” uchuvchisiz appatati esa, radoirazvedka olib borish, radiodiapazonda nur tarqatish manbalarini aniqlash, ma’lum chastotalarda to’siqlar xosil qilish va radiosignallarni bostirish imkonini beradi.

Turkiston:

Tojikiston hududidagi 201-harbiy baza Rossiyaning horijdagi eng yirik ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Bazada 7000 askar harbiy xizmat o’taydi. Mazkur harbiy bazani Tojikistonda turish muddati 2014 yili tugashi kerak edi. Biroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2012 yilning 5 oktyabr kunii Dushanbeda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan bo’lib o’tgan uchrashuvida Rossiyaga qarashli 201- harbiy bazaning Tojikiston hududida bo’lish muddatini yana 30 yilga, ya’ni 2042 yilgacha uzaytirish to’g’risidagi shartnomani imzolashdi.

Imomali Rahmon ixtiyoriy-majburiy ravishda Rossiya harbiy bazasini Tojikistonda qoldirishi evaziga, Rossiyada ishlayotgan tojikistonlik mehnat muhojirlariga engilliklar hamda Tojikistonga imtiyozli narxlarda neft maxsulotlari etkazib beriladigan bo’lgan edi.

Rossiya hukumati faqatgina Tojikistondagi harbiy bazasini kuchaytirib qolmay, Qirg’iziston hududida joylashgan Qant harbiy bazasini ham kuchaytirmoqda.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rus matbuotiga Qirg’izistondagi Qant harbiy havo bazasiga qo’shimcha kuchlar kiritilishini bildirgan. Xabarlarda aytilishicha, Rossiyaning Qirg’izistondagi Qant havo bazasiga yangi ishlab chiqarilgan MI-8 vertolyotlari va to’rtta SU-25 rusumidagi qiruvchi samolyotlar olib kelinadi.

Rossiya Ukrainada G’arb bilan olib borgan kurashida mag’lubiyatga uchragani sababli, avval aytib o’tganimizdek asosiy e’tiborini O’rta Osiyo respubliklariga qaratmoqda.

Rossiya har qanday yo’l va uslublar bilan bo’lsa ham o’zining sobiq va amaldagi mustamlakalarini o’z nufuzi ostida saqlab qolishga harakat qiladi.

O’z navbatida AQSh ham mazkur mintaqada o’z nufuzini saqlab qolish hamda Rossiyaning nufuzi ortib ketmasligi uchun qattiq harakat qilmoqda. Chunki, O’rta Osiyo respublikalari AQSh uchun Rossiya va Xitoy davlatlariga orqadan tahdid tug’dirib turishi uchun eng qulay joy hisoblanadi.

Shuning uchun ham O’rta Osiyo respublikalari ikki etakchi davlatlar o’rtasida nufuz talashuvchi maydonga aylanib qolmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.