Qo’shma shtatlar va Rossiya tashabbusi bilan Kecha 10 fevral kuni Jenevada Suriya rejimi va milliy koalitsiya vakillari o’rtasida muzokaralar qayta boshlandi. O’tgan yanvar oyida bo’lib o’tgan uchrashuv jiddiy muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan edi. Hatto muzokaralar chog’ida taraflar bir birini haqorat qilishgacha etib borgan edi.
Bu galgi uchrashuvlar BMT va Arab ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Brahimiy boshchiligida yopiq eshiklar ortida o’tmoqda. Muzokaralar qancha davom etishi noma’lum. Talablar esa o’sha-o’sha, ya’ni milliy koalitsiya vakillari Asad rejimini qudratdan chetlatib, uning o’rniga demokratiyaga asoslangan muvaqqat hukumat tiklashni talab qilayotgan bo’lsa, Asad tarafdorlari esa hokiyatdan ketishni qat’iyyan rad qilmoqda. Mutaxassilarning aytishicha, bu galgi uchrashuvdan ham biror arzugilik natija chiqishiga ishonch yo’q.
Suriya inqirozi kundan kunga avjiga chiqar ekan, AQSh siyosatdonlari buni Amerika xavfsizligiga jiddiy tahdid deb baholamoqda. AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jey Jonson Polshada o’tgan yig’ilishda Suriya masalasi AQSh va Yevropani havotirga solayotganini ma’lum qildi.
“Suriya Qo’shma shtatlar va Yevropa uchun milliy xavfsizlik masalasiga aylandi”, dedi Jonson.
“Xavotirga tushayotgan faqat biz emas. Yevropalik ittifoqdoshlarimiz ham bundan juda tashvishda. Biz jamoiy shaklda kerakli chora tadbir ko’rishga qaror qilishimiz lozim”, deya qo’shimcha qildi u.
Jonsonga ko’ra, AQSh markaziy razvedka boshqarmasi va Federal razvedka byurosi ham ayni masalada tashvishga tushib qolgan.
MRB rahbari Jon Vrennan kongress oldida hisobot berar ekan, Suriya masalasi AQSh xavfsizligiga tahdid ekanligini qayd etdi.
“Vashingtonni ikki narsa tashvishga solmoqda. Birinchisi, Suriya mojarosi qo’shni mamlakatlarga ham tarqalayotgani. Ikkinchisi, Suriya terrorchilarni o’ziga jalb etayotgani”, deydi u.
Turkiston:
AQSh va Yevropaning qaerida va qanday yig’ilish o’tkazilmasin, Suriya masalasi bosh mavzu qilib olinadigan bo’lib qoldi. Chunki Shom zaminida tiklanishi kutilayotgan Xalifalik davlati ularni chuqur tashvishga solmoqda. Garchi ba’zi musulmonlar bunga ishonchsizlik bildirayotgan bo’lsa ham, siyosatdan yaxshi xabari bor bu siyosatdonlar buni ich-ichidan his qilmoqda. Shuning uchun ularning havotirlari kundan kunga ortib, yig’ilishlarda, sessiyalarda va anjumanlarda “Suriya urushi”, “ekstrimislar”, “terroristlar”, degan so’zlarni tinimsiz takrorlashmoqda. O’tgan hafta Myunxenda o’tgan xalqaro anjumanda AQSh davlat kotibi Jon Kerri Islomga qarshi kurash siyosati haqida gapirayotib Suriyani tilga oldi. “Suriyaga e’tibor oshayotgani bejiz emas, chunki u er ekstremistlarni o’ziga tortayapti”, dedi u xavotirini yashirmay.
Ammo ular har gal Xalifalik davlati tiklanishiga to’siq qo’yish uchun qadam tashlaganda faqat kech qolganliklarini his qilishyapti xolos.
Qiyomuddin