Tojikiston tashqi ishlar vazirligida qabul

464
0

images (11)

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov 10 fevral kuni ertalab Dushanbega kelgan BMTning qiynoqlar bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Xuan Mendesni qabul qildi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuv davomida Tojikistonda qiynoqlarga qarshi Konventsiyani amalga oshirish, maxsus ma’ruzachining qiynoqlarni bartaraf etish bo’yicha kiritgan takliflarini ijrosi va mamlakatni inson huquqlari sohasidagi boshqa xalqaro bitimlarga qo’shilish masalasi muhokama qilingan.

Shuningdek BMTning inson huquqlari sohasidagi idoralari bilan hamkorlikni mustahkamlash, milliy qonunchilikni takomillashtirish va qiynoqlarni oldini olish va ogohlantirish sohalaridagi amaliyotlar masalalari bo’yicha fikr almashildi, -deyiladi xabarda.

Turkiston:

Birlashgan millatlar tashkilotining asosiy vazifasi butun dunyodagi siyosatni Amerika boshchiligidagi mustamlakachi davlatlar manfaatlariga moslab berishdan iborat. Agar mazkur mustamlakachi davlatlar biror-bir davlatga bosim o’tkazmoqchi bo’lishsa BMT darhol “demokratik qadriyatlar” va “inson huquqlari” deb atalmish “quroli”ni ishga soladi va butun dunyoga bu davlatda “inson huquqlari paymol etilayotgani” haqida jar solib nishondagi davlatni etakchi davlatlar yo’rig’iga yurishlikka majbur qiladi.

Agar birorta davlatdan Amerika yoki boshqa mustamlakachi davlatlar uchun manfaat kelib turgan bo’lsa u davlatda garchi butun boshli millat yoki din vakillari qatag’on qilinayotgan bo’lsa ham “havotir bildirish” yoki “chuqur tashvish izhor” qilishdan nariga o’tmaydi.

Bunga eng yorqin misol qo’shni O’zbekiston respublikasi bo’la oladi. Mustamlakachi kuchlar Afg’onistondan o’z bosqinchi kuchlarini olib chiqish boshlanishi yaqinlashgani sari zolim Karimov qamoqxonalarida minglab musulmonlar, o’nlab dunyoviy muxolifat a’zolari nohaq azob chekishayotgani, har oyda qamoqxanalardan kamida ikkita-uchta musulmonning jasadi chiqayotganiga qaramay bu tashkilot biror chora ko’rishga ham harakat qilmadi. Hatto 2013 yilning 29 oktyabr kuni kuni O’zbekiston Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Jenevada BMT Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissarligi idorasi qoshidagi Qiynoqlarga qarshi qo’mita ekspertlari bilan uchrashgan va bu uchrashuvda “obro’li” mutaxassislarning xushmuomala bilan bergan bu savollariga Akmal Saidov qaytargan javob bor ovoz bilan baqirish va stolni mushtlash bo’lgan edi. Ammo shunga qaramay bu “obro’li” tashkilot va uning “obro’li” mutaxassislari O’zbekistonga qarshi biror chora ko’rishmadi. Chukni qonxo’r Karimov va uning hukumati hozircha bu mustamlakachilar uchun “muhum hamkor” bo’lib turipti.

Yana boshqa bir misol; Hozirgi kunda Rossiya va AQSh o’rtasida Suriya va Ukraina masalasida kelishmovchiliklar vujudga kelib turipti. Shu sababdan 2014 yilgi qishki olimpiya o’yinlari munosabati bilan Sochiga borgan Pan Gi Mun xalqaro olimpiya qo’mitasi oldida nutq so’zlab, bu mamlakatda besoqolbozlar va lesbiankalarning tazyiqlarga duch kelayotganini qattiq qoraladi. So’zi davomida Pan Gi Mun ularning hibsga olinib qamoqqa tashlanishiga qarshi turish lozimligini ta’kidladi.

Ammo BMT tashkiloti vujudga kelganidan buyon musulmonlar manfaati uchun biror ishni amalga oshirgan emas. Shu sababli aynan Rossiya mutamlakasi bo’lgan Tataristonning Nijnekamsk va Chistopol shaharlaridagi qamoqxonalarda 2013 yil dekabr oyidagi xodislardan so’ng zulmga uchragan va qamalgan bir necha o’nlab musulmonlar asossiz ravishda yotganligi, ularni turli qiynoqlar bilan qiynashayotgani va xorlashayotgani, bu musulmonlarni ba’zilarining umurtqalari, ba’zilarining qovurg’alari, ba’zilarining esa ikkala oyoqlari sindirilgani va birining jinsiy a’zosi kuchli kuydirilgani haqida bir og’iz ham gapirmadi.

Yoki Markaziy Afrika respublikasida Frantsiyaning mustamlakachi kuchlari musulmon mujohidlarni qurolsizlantirganidan so’ng harbiy ustunlikka ega bo’lib olgan mahalliy nasroniylar musulmonlarini ochiq-oshkora o’ldirishayotgani, yoki Birmadagi musulmonlar mushriklar tomonidan vaxshiylarcha qatl etilayotgani borasida “chuqur tashvish bildirish” bilan kifoyalandi.

Shuning uchun ham bu tashkilot rasmiylarini birorta islomiy yurtga tashrif buyurishi hech narsani o’zgartirmaydi. Chunki mustamlakachi Amerika qo’lidagi qo’g’irchoq bo’lgan Birlashgan millatlar tashkiloti o’z xojalari kabi moddiy manfaat bor joyda barcha narsadan, hatto o’z qadriyatlaridan ham voz kechishga tayyor.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.