EXHT va Turkiya milliy politsiyasi Qirg’izistonga terrorizmga qarshi kurashda yordam beradi

532
0

FBF1CE9C-E788-4686-8563-8603ABC2A93B_mw1024_n_s

Bishkekdagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) markazi vakillari, Turkiya milliy politsiyasi va Qirg’iziston Davlat milliy xavfsizlik qo’mitasi (DMXQ)ning terrorizmga qarshi kurash markazlari davlat tashkiloti tuzilmasi xodimlari va xavfsizlikni ta’minlash sohasida ishlayotganlar uchun terrorizm bilan kurash bo’yicha treninglar o’tkazish to’g’risidagi hujjatga qo’l qo’yishdi.

Bishkekdagi EXHT markazining xabar qilishicha, marosim davomida DMXQ va EXHT markazlari o’rtasida hamkorlik qilish to’g’risidagi ikki yilga mo’ljallangan ikkitomonlama dalolatnoma imzolandi.

Bu hujjatlarni imzolanishi 2014-2015 yillarga rejalashtirilgan va terrorizmga qarshi kurashda respublika quvvatini kuchaytirishga yo’naltirilgan loyihani amalga oshirish boshlanganiga dalolat qiladi. Bunda asosiy e’tibor terrorizmga olib boruvchi ekstremizm va radikallashuvga qarshi turishga qaratiladi.

Loyiha doirasida rejalashtirilgan treninglarda, DMXQ, davlat chegara xizmati, jazoni ijro etish boshqarmasi, ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda fuqarolik davlat idoralari, jumladan, Bosh vazir apparati, din ishlari bo’yicha davlat komissiyasi va mahalliy o’z-o’zini boshqarish vakillari ishtirok etishadi.

Bishkekdagi EXHT markazi qo’llovi bilan terrorizmga qarshi kurash markazi uchun jihozlangan auditoriyalarda seminarlarni o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida 2014 yilda Qirg’iziston maxsus xizmati xodimlari uchun Turkiyaga o’quv tashrifi uyushtirilishi kutilmoqda.

“Turkiyaning terrorizm bilan kurashdagi tajribasi Qirg’iziston uchun ham foydali bo’lishi mumkin. Yangi kompleks trening dasturi davlat tuzilmasi xodimlariga, xavfsizlikni ta’minlash sohasida ishlayotganlarga ekstremizm va terrorizmga qarshi samarali kurashish imkoniyatini beruvchi eng zamonaviy uslub va texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi”, – dedi Bishkekdagi EXHT markazining elchisi Sergey Kapinos.

Turkiston: Demak Rossiyacha kurash metodi Qirg’iziston uchun noma’qul deb topildi. Chunki Qirg’iziston islomiy yurt, Islomni jamiyatga bo’lgan ta’siri xam Rossiyanikidan bir necha barobar yuqori. Atambaev bu yilni “davlatchilikni quvvatlantirish yili” deb atadi. Demak u Islom va musulmonlar quvvati bilan olishishdan avval o’z siyosiy doirasidan bo’lgan muxolifotchilar bilan orani ochiqlamokchi.

Yevropa esa, musulmonlarni vaqtincha uxlatib turishda ustasi farang. Turkiyadagi Erdagon olib borayotgan siyosat xam o’sha, Islom bilan siyosiy maydonda kurashishdan qochish asosiga qurilgan. Lekin buning uchun Qirg’iz davlati ma’lum darajada islomiylashish sari qadam tashlashi zarur bo’ladi. Kufrning nayranglari juda ko’p, lekin kechikishdi insha Ollox.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.