Yoshlarni yanada ko’proq buzishga targ’ib

294
0

 images (17)

Prezident Islom Karimov raisligida 28 yanvar kuni Oqsaroyda O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston prezidenti sport majmualari, musiqa va san’at maktablarini har tomonlama sifatli qurish, buning uchun ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini ko’paytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

“Bolalar uchun barpo etiladigan har bir inshootni qalb qo’rimizni bag’ishlab qurishimiz kerak. U erda shug’ullangan bolalar shunday imkoniyatlardan mamnun bo’lib, ezgu maqsad va intilishlar bilan yashasin. Zero, farzandlarimizni xursand qilish, ularning har tomonlama barkamol bo’lib voyaga etishi uchun sharoit yaratish bizning burchimiz”, – dedi prezident.

Karimov qizlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada kengroq jalb qilish zarurligini, buning uchun mahalla va xotin-qizlar qo’mitalarining faolligini oshirish, oilalar bilan doimiy ishlashni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

So’zi boshqayu tili boshqa bo’lgan O’zbekiston prezidenti uzoq yillardan buyon oddiy odamlar ko’z o’ngida o’zini xalqqa mehribon va g’amxo’r qilib ko’rsatishga harakat qilib keladi. Agar Karimov haqiqatdan ham o’sib kelayotgan yosh avlodning kelajagini o’ylaganida sport majmualari va san’at maktablari qurish o’rniga, birinchi navbatda ularning sog’ligi, asosiy ehtiyojlarini to’liq ta’minlanishi haqida o’ylagan bo’lar edi.

Tug’ruqxona va kasalxonalarni isitish yo’lga qo’yilmaganligi sababli yosh go’daklar sovuqdan muzlab, ko’karib ketsa, maktab o’quvchilari uylaridan o’tin ko’tarib kelib sinfxonalarini isitishsa, sinfxonalar sovuqligi sababli ustki kiyimda o’tirib ilm olishsa, svet va gaz yo’qligidan uyga topshirilgan vazifalarni bajara olishmasa, bunday yangi barpo etilayotgan va etiladigan inshootlardan nima foyda? Bunday sharoitda o’sgan yoshlar qanday qilib barkamol bo’lishlari, ezgu maqsad va intilishlar bilan yashashlari mumkin?

Kazzob Karimov minbarda turib olib, “barcha o’zbekistonlik bolalar mening farzandlarim”, “bolalar bizni kelajagimiz”, “farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo’lishlari zarur”, – deb lof uradiyu, ammo bu “baxtli” bolalar qanday sharoitda hayot kechirishayotgani bilan qiziqmaydi ham.

Karimov sal kam 25 yildan buyon olib borgan siyosati natijasida butun boshli dayuslar armiyasini yaratishga muvaffaq bo’ldi. Rasmiy hukumatning oldi-qochdi so’zlariga amal qilib o’zligini unitgan, shaxsiy fikriga ega bo’lmagan va shu bilan birga musulmonlikni da’vo qiladigan ayrim ota-onalar o’z qizlarini hech o’ylab o’tirmay badiiy gimnastika, suv sporti, valeybol va sharq yakka kurashi kabi sport to’garaklariga olib borib bermoqdalar. U erda sport “sir”lari bilan tanishgan qizlar, Allohga iymon keltirgan har bir muslima berkitishi vojib bo’lgan avratlarini barchaga ko’z-ko’z qilib, mahalliy va xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelishyapti. Qizlari “erishgan” muvaffaqiyatlarni ko’rib otasi, aka va ukalari xursand bo’lmoqdalar. Holbuki butun insoniyatga rahmat qilib yuborilgan payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam “Uch toifaga Olloh jannatni harom qilgan ular: mast qiluvchi ichimlikni mukkasidan ketib ichuvchi, ota-onasiga oq bo’lgan farzand va o’z ahli-oilasi (xotin-qizlari)dagi buzuqlikka beparvo bo’ladigan dayus”, deganlar. (Imom Ahmad rivoyati). Bugungi kundagi ayrim erkaklar esa buzuqlikka beparvo bo’lish u yoqda tursin, o’zlari qizlarining hayo pardalari ko’tarilishiga sababchi bo’lmoqdalar.

Asl maqsadi ham O’zbekiston musulmonlarini Islomdan uzoqlashtirish va iloji bo’lsa o’z e’tiqodlaridan qaytarish bo’lgan Karimov esa o’sib kelayotgan yosh avlodni buzish uchun yangidan-yangi tashabbus va fikrlarni olg’a surmoqda. Maqsadlari faqat shu dunyoda yaxshi yashab qolish bo’lgan bir guruh rejim maddohlari esa uning bu fikrlarni ushlab olib, oddiy odamlarning fikrlarini buzishda kim o’zarga poyga qilmoqdalar.

Abdurahmon Odilov

29 yanvar 2014 yil

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.