Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon yaqin vaqtlar ichida RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga va Rossiya harbiy bazasini Tojikistonda bo’lish muddatini 2042-yilgacha uzaytirish bo’yicha tasdiqlangan kelishuv yorlig’ini shaxsan topshirishga umid bildirmoqda. Bu haqida Rossiya bosh vazirining birinchi muovini Igor Shuvalov Imomali Rahmon bilan juma kuni bo’lib o’tgan uchrashuvidan so’ng xabar qildi.
“Prezident yaqin vaqtlar ichida tasdiqlangan kelishuv yorlig’ini topshirish uchun Rossiya prezidenti bilan uchrashishga umid qilayotganini, ma’lum qildi”, – dedi bosh vazir muovini.
Shuvalov davlat rahbarini juma kuni poytaxt Dushanbeda bo’lib o’tgan savdo va iqtisodiy masalalar bo’yicha Tojikiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi yig’ilishining natijalari to’g’risida xabardor qildi.
Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ikki davlat o’rtasidagi kelishuvlarni bir qismi tasdiqdan o’tdi, boshqa qismi esa tasdiqlanish bosqichida turibdi. Jumladan, Tojikiston fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun uch yilgacha ruxsat olish imkonini beruvchi kelishuv tasdiqlanish bosqichida turibdi.
“Tojikiston va Rossiya o’rtasidagi strategik hamkorlik va do’stona aloqalarni ifoda etgan aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi”,- deb qo’shimcha qildi prezidentning matbuot xizmati.