Otib o’ldirilganlarni buyumlari ularni ekstremistligiga dalolat qilmoqda…mi?

505
0

загруженное (6)

Prezidentning matbuot xizmati xabar qilishicha, Qirg’iziston davlat chegara xizmati raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Rayimberdi Duyshenbiev prezident Almazbek Atambaevga 23 yanvar kuni Issiqko’l viloyati Jetio’g’uz tumani chegara hududida amalga oshirilgan maxsus amaliyot tafsilotlari to’g’risida hisobot berdi.

Duyshenbievni xabariga ko’ra, Issiqko’l viloyati ovchilar va baliqchilar jamiyati boshqaruvi raisi Aleksandr Barikinni o’ldirishda gumonlangan bir guruh shaxslar chegarachilarni taslim bo’lish talabini rad etgani ularni tugatish uchun maxsus amaliyotni o’tkazishlikka asos bo’lgan, bu amaliyot natijada 11 kishi yo’q qilingan.

Shuningdek chegara xizmati raisi qo’shimcha qilib, ular yonidan topilgan shaxsiy buyumlar ularni ekstremistik qarashga moil ekanliklariga va Qirg’iziston davlat chegarasini tahminan Xitoy tomondan kesib o’tganliklariga guvohlik berib turipti. Tergov ularni shaxsini va kelib chiqishini aniqlayotganini, ma’lum qildi.

Mazkur xodisa sodir bo’lishi bilan rasmiy hukumat ham, mahalliy ommaviy axborot vositalari ham Xitoy tomonidan uyg’ur millatiga mansub terroristlar Qirg’iziston chegarasini buzib o’tganliklari va ovchilik xo’jaligi rahbarini o’ldirib, qurolini egallab olganliklari haqida ketma-ket va shoshilinch xabar tarqatishni boshladilar. O’sha kuni kechga borib esa, chegarachilarni taslim bo’lish to’g’risidagi talablarini rad etganliklari uchun “Pikirtik” isinish bo’limida qurshab olingan terroristlar yo’q qilingani haqida xabar qilindi.

Shu o’rinda tabiiy savol tug’iladi. Xo’sh rostdan ham Qirg’iziston hududiga Xitoy tomonidan terroristlar bostirib kirdimi? Ularni bu yoqqa kelishlaridan maqsadlari nima edi? Yoki bu ham hukumatni o’yinlaridan birimi?

Bu narsalarni haqiqatini bilish uchun sodir bo’lgan xodisa tafsilotlarni imkon qadar aniqlashtirib olishlik zarur bo’ladi.

Avvalo Xitoy tomondan xozirgi sharoitda tog’dan oshib o’tishlik imkoniyati qay darajada ekanligini oydinlashtirib olsak. Janubiy-sharqda Xitoy-Qirg’iz chegarasi “Kok-Shaal-Too” tog’ tizmasi orqali o’tadi va bu tizmani ayrim erlarida balandlik 5,5 ming metrga etadi. Bunday balandlikda havo xarorati ham juda past bo’lishi tabiiy. Bundan tashqari daralarda bo’ri va ayiqlar yashaydi. Shu sababli bunday balandlikni hatto tajribali alpinistlar maxsus moslamalar bilan ham oshib o’tishi qiyin.

Qolaversa “Qirg’izovchibaliqchi uyushmasi” raisi Nikolay Zadorojniy 23-yanvar kuni bo’lib o’tgan xodisani guvohlar so’ziga tayangan holda “AKIpress” nashriga bergan intervyusida aytib berdi. Uni so’zlariga ko’ra, Barikin o’rmon xo’jaligida bo’lgan keyin ish yuzasidan mashinada bazadan chiqib ketadi, biroq yo’lda 11 kishidan iborat notanish odamlarni ko’rib qoladi. Bu vaqtda A. Barikin yolg’iz bo’lgan…

Barikin chegarachilarni notanish odamlar chegarani buzib o’tgani haqida xabardor qilgach, yo’lda bitta ov quroli bo’lgan ikki mahalliy yigitni o’zi bilan olib ketadi. “U jinoyatchilarni chegarachilar kelgunga qadar ushlab turishga harakat qilgan, u ularni topib to’xtatishga urinib ko’radi. Endi uch kishilashib ular bilan aloqa qilishga, ular qo’lga olinganliklar va o’zlarini ortidan yurishlari zarurligini uqtirishga harakat qilishadi. Ammo hech kim ish chappasiga ketishini kutmagan edi. Notanish odamlar biznikilarga kutilmaganda pichoq bilan tashlanishadi, chunki ularda qurol yo’q edi. Biroq, Barikin ularga hammadan ko’ra yaqinroq turgani uchun o’q otishga va jinoyatchilardan birini o’ldirishlikka ulguradi – holbuki rasmiy xabarlarda ikki nafar jinoyatchi chegarachilar bilan yuzaga kelgan otishma chog’ida o’ldirilgan xabar qilingan edi – ehtimol keyin ikkinchisini ham o’ldirgandir. Bu vaqtda Barikinni miltig’ida besh dona o’q bo’lgan xolos. Qolgan jinoyatchilar Barikinga tashlanib, uni o’ldirishga ulgurishadi va “ Vepr” qurolini egallab olishadi. Ikki yosh yigit qochib ketishga ulgurishadi, jinoyatchilar ularni quvib etolmaydi. Yigitlar eson-omon chegara zastavasiga qochib kelishga muvaffaq bo’lishadi”, – deb xikoya qilib berdi Zadorojniy..

Endi “Pikertik” isinish bo’limida qurshab olingan va bor yo’g’i bitta ov quroliyu uch dona o’qi bo’lgan to’qqiz nafar “terrorist”larni yo’q qilish uchun maxsus amaliyot o’tkazilishiga va bu amaliyotga maxsus tayyorgarlikdan o’tgan kuchlarni jalb qilinishi va yakkama-yakka kurashda ham qo’lga olinishi mumkin bo’lgan “terrorist”larni bitta ham guvoh qoldirmay qirib tashlanishiga nima ham deyish mumkin.

Endi bu ishga Xitoy ham aralashganini hisobga oladigan bo’lsak, bu erda ikki yoqlama o’yin ketayotganini anglashlik mumkin.

Mazkur ishda Xitoy uchun shu vaqtga qadar o’zining mustamlakasi bo’lgan va asosan musulmonlardan iborat bo’lgan Shinjon avtonom viloyatidagi musulmonlarni yanada vaxshiyona va keng ko’lamli qirg’in qilishga imkoniyat paydo bo’ladi.

Qirg’iziston uchun esa, “Qumtor” oltin koni masalasida uzoq vaqtdan buyon bosh og’rig’i bo’lib kelayotgan va aynan mana shu Jetio’g’uz tumanida joylashgan Saruu qishlog’ini va umuman butun boshli tumanni yopiq zonaga aylantirishi uchun tayyor baxona topiladi.

Abdurahmon Odilov

26- yanvar 2014 yil

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.