Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan
Abo Alining oldi-sotdiga aloqador hukmlarga oid savoliga javob
Savol:
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Biz bilamizki, oltinni kumushga yoki boshqa har qanday turli narsalarni bir-biriga faqat qo’ldan-qo’lga bo’lsagina sotish joiz. Bu narsalarni qarzga olish ham joiz emas. Biroq biz gohida tuz yoki nonni qarzga olamiz. Bizning bu ishimiz harommi yoki boshqachami? Men buni oydinlashtirib berishingizni istayman. Alloh sizga barakot ato etsin.
Birodaringiz Abu Ali – Falastin.
Javob:
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh…
1 – Rosululloh A dedilar:
«اَلذَّهَبُ بِالذَّهَبِ، وَالْفِضَّةِ بِالْفِضَّةِ، وَالْبُرُّ بِالْبُرِّ، وَالشَّعِيرُ بِالشَّعِيرِ، وَالتَّمْرُ بِالتَّمْرِ، وَالْمِلْحُ بِالْمِلْحِ مِثْلاً بِمِثْلٍ سَوَاءً بِسَوَاءٍ يَداً بِيَدٍ. فَإِذَا اِخْتَلَفَتْ هَذِهِ الْأَصْنَافُ فَبِيعُوا كَيْفَ شِئْتُمْ إِذَا كَانَ يَداً بِيَدٍ»
«Oltinni oltinga, kumushni kumushga, bug’doyni bug’doyga, arpani arpaga, xurmoni xurmoga va tuzni tuzga o’xshashi o’xshashiga, tengma-teng, qo’ldan-qo’lga sotiladi. Agar bu turlar har xil bo’lib qo’ldan-qo’lga sotilsa hohlaganday sotinglar». Buxoriy va Muslim Uboda ibn Somit Gdan rivoyat qilganlar.
Ribo turiga kiruvchi ushbu narsalar turli xil bo’lganda istalganday sotilishi joizligining dalili ochiq kelyapti. Ya’ni bu narsalar o’zining o’xshashiga sotilishi shart emas, balki qo’ldan-qo’lga bo’lishi shart. «الْأَصْنَافُ turlar» lafzi ribo turiga kiruvchi har bir narsaga, ya’ni olti narsaga umumiy bo’lib kelgan va ulardan birortasi faqat dalil bilangina istisno qilinadi. Dalil bo’lmagan o’rinda bug’doyni arpaga yoki bug’doyni oltinga, arpani kumushga, xurmoni tuzga, xurmoni oltinga yoki tuzni kumushga sotish – ayirboshlash qiymati va bahosi qanchalik farqli bo’lsa ham – joiz. Biroq bu narsalar qo’ldan-qo’lga sotilishi, ya’ni qarzga bo’lmasligi lozim. Oltin va kumushga mos kelgan narsa qog’oz pullarga ham mos keladi.
2 – Ribo turiga kiruvchi narsalarni bir-birining evaziga sotish qo’ldan-qo’lga bo’lishi vojib. Agar bu turdagi narsalar, ya’ni bug’doy, arpa, tuz va xurmoni sotib olish paytida biror narsa garovga qo’yilsa qo’ldan-qo’lga bo’lishi vojibligidan istisno vorid bo’lgan. Chunki Muslim Oisha Idan rivoyat qilgan hadisda kelishicha, Rosululloh A «Bir yahudiydan ma’lum muddatga taom sotib oldilar va unga temir sovutini garovga berdilar». Ya’ni Rosululloh A qarzga taom sotib oldilar, lekin garovga narsa berdilar. Hadisda:
«اَلطَّعَامُ بِالطَّعَامِ مِثْلاً بِمِثْلٍ وَكَانَ طَعَامُنَا يَوْمَئِذٍ الشَّعِيرُ»
«Taom taomga o’xshashi o’xshashiga sotiladi. O’sha kunlarda bizning taomimiz arpa bo’lgan edi» deb kelganidek, ularning taomi o’sha paytda ribo turiga kirgan narsalardan bo’lgan. Shunga ko’ra agar sotuvchining oldida biror narsa garovga qoldiriladigan bo’lsa ribo turiga kirgan bu to’rt turdagi narsalarni qarzga sotib olish joiz bo’ladi.
3 – Agar qarzga oluvchi bilan qarzga beruvchi bir-biriga ishonadigan bo’lsa garovga hojat yo’q. Bunga Alloh Subhanahu va Taoloning ushbu so’zi dalil bo’ladi:
«Agar safarda bo’lsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qo’lga olinadigan garov bo’lsin. Agar ba’zingiz ba’zingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan (kishi) omonatni ado qilsin va Robbisi Allohdan qo’rqsin!» [Baqara 283]
Bu oyati karima agar qarzga beruvchi bilan qarzga oluvchi bir-biriga ishonsa safar chog’ida garovga narsa qo’yilishiga hojat yo’qligini ifodalaydi. Bu – Alloh Subhanahu va Taolo:
«Agar ba’zingiz ba’zingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan (kishi) omonatni ado qilsin» [Baqara 283] deganidek – agar ular bir-biriga ishonsa ribo turiga kirgan to’rt narsani, ya’ni bug’doy, arpa, tuz va xurmoni qarzga berish paytida garovga narsa qo’yishga hojat yo’qligiga ham mos keladi. Chunki bunday holatda garovga narsa qo’yilishiga hojat yo’qligiga oyat ochiq dalolat qilyapti.
4 – Shunga ko’ra, ribo turiga kirgan to’rt narsani, ya’ni bug’doy, arpa, tuz va xurmoni garovga narsa qo’yish evaziga yoki ular bir-biriga ishonishsa garovga narsa qo’ymasdan qarzga sotib olish joiz. Biroq buning uchun ishonch lozim bo’lgani, qarzga beruvchi bilan qarzga oluvchi bir-birini tanib, bir-biriga ishonishi lozim bo’lgani uchun – bu esa doim ham amalga oshavermaydi – musulmon odam haromga yaqin bo’lib qolmaslik maqsadida ribo turiga kirgan bu narsalarni qarzga sotib olmagani afzal. Faqat ular bir-biriga ishonishiga bo’lgan ishonch aniq, qat’iy bo’lsagina, sotuvchi va sotib oluvchining har biri bundan xotirjam bo’lsagina bu narsalarni qarzga sotib olish joiz bo’ladi. Ya’ni siz so’ragan tuzni qarzga sotib olish, agar oyati karimadagi
«Agar ba’zingiz ba’zingizga ishonsangiz» ro’yobga chiqsagina joiz.
5 – Ma’lumot uchun: Ibn Battolning Sahihi Buxoriyga yozgan sharhining ma’lum muddatga taomni sotib olish bobida shunday keladi: «Ma’lum muddat va ma’lum qiymatga taomni sotib olishning joizligi to’g’risida ahli ilmlar orasida ixtilof yo’q».
Jaziriyning «To’rt mazhabdagi fiqh» kitobida shunday keladi: «Agar ikki badalning biri pul ikkinchisi taom bo’lsa (to’lovni) kechiktirish mumkin beriladi».
Ibn Qayyim «Mug’niy»da bu to’rt turdagi taomni bir-birining evaziga qarzga sotishning haromligi haqida gapirib shunday dedi: «Faqat bu narsalar pulga yoki boshqa tortiladigan narsalar evaziga nasiyaga sotilsa (joiz), chunki ehtiyoj shuni taqozo qiladi».
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta
22 shavvol 1434h
29 sentyabr 2013m