11 yanvar kuni Qirg’izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Botken viloyatidagi Oqsoy qishlog’ining Oqsoy-Tamdiq-Ko’ktosh avtomobil yo’li qurilishi ketayotgan hududida sodir bo’lgan otishma chog’ida Qirg’iziston tomonidan besh nafar, Tojikiston tomonidan olti nafar harbiy xizmatchi yarador bo’lgan. Bir qirg’iz harbiysining ahvoli o’ta og’irligi xabar qilinmoqda. Otishma chiqishiga ikki taraf chegarachilari o’rtasida chiqqan dahanaki jang sabab bo’lgani aytilmoqda.
Qirg’iziston respublikasi chegara xizmati tarqatgan xabarga ko’ra, chegaradagi mojaro paytida birinchi bo’lib Tojikiston chegarachilari o’qotar qurol qo’llaganlar. Shuningdek, qirg’iz nashrlarida 11 yanvardagi otishma chog’ida tojik chegarachilari tomonidan granatomyot va minomyotlar qo’llanilgani haqida ham xabarlar berildi.
“Davlat chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirish, yuzaga kelgan ziddiyatni hal qilish va bu kabi noxush voqealarga bundan buyon yo’l bermaslik maqsadida Qirg’iziston tomoni barcha masalalarni muzokara stoli atrofida echishga tayyor”, deyiladi Qirg’iziston Chegara xizmati bayonotida.
Mazkur xodisa yuzasidan Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ham bayonot tarqatdi.
Unda: “Tojikiston-Qirg’iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo’yicha hukumatlararo komissiya ishida shu yilning 7 yanvarida “Ko’ktosh-Oqsoy-Tamdiq” avtoyo’li qurilishi bo’yicha ishlarni to’xtatib turish haqida erishilgan kelishuvlarga qaramasdan, 2014 yilning 11 yanvarida mahalliy vaqt bilan soat 12:20 larda qurollangan harbiylar himoyasi ostida Qirg’iziston tomonidan bir qismi Tojikiston Respublikasi hududidan o’tuvchi mazkur avtoyo’lda qurilish ishlarini davom ettirishga urinilgan”, deyiladi.
Tojik diplomatlari iddaosicha, davlat chegarasi buzilganini ko’rgan Tojikiston Respublikasi chegara naryadi chegarabuzarlardan qurilish ishlari to’xtatishni talab qilgan. “Tojikiston tomoni talabiga javoban 20 nafar harbiydan iborat Qirg’iziston chegara naryadi avvaliga Tojikiston chegara naryadi vakillarini uyatli so’zlar bilan haqorat qilgan, keyin esa ogohlantirmay, shiddat bilan o’q yog’dira boshlagan, buning natijasida Tojikiston Respublikasi chegara qo’shinlarining ikki harbiysi yaralangan va ayni paytda ular kasalxonadalar. O’z hayotini himoya qilish maqsadida tojik chegarachilari javob o’tini ochishga majbur bo’lganlar”, deyiladi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Tojikistonlik diplomatlar chegarada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qattiq tashvish bildirib, kuch namoyish qilish va qo’llash dolzarb muammolarni hal qilish yo’li bo’lib hisoblanmasligini qayd etganlar.
“Biz Qirg’iziston tomonining bu xatti-harakatlari ikki davlat va xalqlarning asrlar davomida joriy bo’lgan birodarlik va yaxshi qo’shnichilik rishtalariga putur etkazadi, deb hisoblaymiz”, deyiladi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Bunga javoban Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi Tojikistonga ikkita norozilik notasini yuborgan. Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Asqar Beshimovga ko’ra, vazirlik Tojikiston tomoni avvaldan minomyot va snayper miltig’ini tayyorlab qo’ygan, degan qarorga kelgan va Dushanbega norozilik notasini yuborgan. Ikkinchi notada esa qirg’iz diplomatlari xalqaro xavfsizlik va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida chegaradagi voqea tekshiruvi yakuniga etguncha chegara noma’lum muddatga yopilishini ma’lum qilganlar.
Ma’lumotlarga ko’ra, shanba kungi noxush hodisadan keyin Tojikiston bosh vazir o’rinbosari Murodali Alimardon va Qirg’iziston bosh vazir o’rinbosari To’kon Mamitov chegaradagi ziddiyat masalasini muhokama qilganlar. So’zlashuv chog’ida tomonlar ziddiyatni birgalikda tekshirishga kelishib olganlar. Shu maqsadda ziddiyat sodir bo’lgan joyga ikki mamlakat chegara qo’shinlari shtab boshliqlari, Tojikiston va Qirg’iziston Ichki ishlar vazirlarining o’rinbosarlari yuborilgan.
Bugungi kunda kabi xodisalarni vujudga kelishiga, asrlar davomida bir dinga e’tiqod qilib, quda-anda, qovmu qarindosh bo’lib yashagan bir Ummat vakillari o’rtasida bunday kelishmovchilik va ziddiyatlarning kelib chiqishining sabablari nimada?
Bunga qaryib yuz yil oldin bir butun bo’lgan Turkiston zaminini besh respublikaga bo’lib tashlab, bir Ummat vakillari bo’lgan xalqlar o’rtasiga “millat” degan xatarli tushunchani singdirgan hudosiz kommunistlar boshchiligidagi rus mustamlakachilari zamin xozirlagan edi.
Keyinchalik bu respublikalar “mustaqil” bo’lgach ularning birlashishlariga yo’l qo’ymaslik, tarqoq va zaif holda ushlashlik uchun G’arb mustamlakachilari ham aynan shu “millatchilik” va “vatanparvarlik” fikrlarini yanada kengroq targ’ib qilishga harakat qilishdi. Ularning bu maqsadlarini amalgi oshirishlarida har birlari o’zicha “mustaqil” bo’lgan davlat rahbarlari juda qo’l keldi. Bu rahbarlar o’zlari etakchilik qilayotgan xalqlarga “millat sharafi” va “vatan mustaqilligi va dahlsizligi” g’oyalarini singdirishda kimo’zarga poygaga kirishib ketishdi. Bu hokimlar o’z xavfsizliklar nuqtai nazaridan bozori va mozori bir bo’lgan xalqlarni bir-biridan ayrib, o’rtalariga tikonli sim tortib, handaqlar qazib va hatto minalashtirilgan maydonlar tashkil etishdi. Faqat shu bilan kifoyalanib qolmay musulmonlar o’rtasida birlik paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli xil fitna va xunrezliklarni uyushtirishdi.
Azaldan bir dinga e’tiqod qilib, bir Ummat vakillari bo’lib kelgan O’rta Osiyodagi musulmonlar ham o’z dinlarini haqiqati va mohiyatini bilmaganliklari sababli bu hokimlar va ularning mustamlakachi xo’jayinlari qo’lida o’yinchoq bo’lib kelmoqdalar.
Bu muammolar chegaralarni kuchaytirish yoki ikki davlat o’rtasidagi baxsli hududlarni xal etish bilan echilib qolmaydi. Balki G’arb davlatlari o’zlariga malay bo’lgan hokimlar orqali musulmonlar zehniga singdirib tashlagan “millatchilik” va “vatanparvarlik” kabi tuban va chirik fikrlarni uloqtirib tashlab, yana qayta o’z dinlari bo’lmish Islomga qaytishlari, Allohning hukmlarini o’z hayotlariga tatbiq etishlari bilnagina xal bo’ladi.
Rosululloh (sollallahu alayhi va sallam): “U (millatchilik)ni tashlanglar, chunchi u sassiqdir”, deganlar.