AQSh Iroq hukumatiga ko’mak beradi

471
0

JORDAN-US-ISRAEL-PALESTINIAN-PEACE-DIPLOMACY-KERRY

AQSh davlat kotibi Jon Kerri, AQSh Iroq hukumatiga “Al-Qoida”ga bog’liq bo’lgan terroristik guruhlarga qarshi kurashda yordam beradi, ammo harbiy aralashuvlarsiz, deya bayonot berdi. 4 yanvar kuni “Iroq va Levanta Islom davlati” mujohidlari AQShni Iroqqa bostirib kirishiga qarshi kurashgan guruhlarning markazi bo’lgan Falujja shahrini egallab olishgan edi. Shuningdek mujohidlar Ramadi shahrini ham katta qismini o’z nazoratlariga olishgan.

Jon Kerrini so’zlariga ko’ra, AQSh Iroqqa harbiy qo’shin yuborishga harakat qilayotgani yo’q.

“Bu iroqliklar olib borishi kerak bo’lgan urish. Biz qaytib borish yo’llarini ko’rib chiqayotganimiz yo’q. Biz ularga bu kurashda yordam beramiz, ammo ularning o’zi g’alaba qozonishi kerak. Men ishonamanki ular buni uddasidan chiqishadi”, – dedi Jon Kerri.

Kerri, bu mintaqadagi eng xavfli guruh “Iroq va Levanta Islom davlati” ekanligini belgilab o’tdi. “Biz Iroq hukumatini va vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo’layotgan (terrorist)larga qarshi kurashayotgan barchani qo’llab-quvvatlaymiz”, – dedi Isroilda bo’lib o’tgan matbuot anjumanida AQSh davlat kotibi.

Turkiston:Iroq xalqini diktator chanalidan ozod etib, iroqliklarga “demokratik erkinlik”lar berish uchun Iroqqa bostirib kirgan AQSh hukumati avvaliga osongina u erni egallab olishga muvaffaq bo’lgan bo’lsada, keyinchalik o’z mustamlakachilik tabiatidagi ochko’zlik va buzg’unchiliklari natijasida xalq nafratiga uchradi. Musulmonlarni bu bosqinchi kuchlarga ko’rsatgan jiddiy va keskin qarshiliklari natijasida, AQSh hukumatini oson g’alabaga bo’lgan ishonchi va manmanligi qattiq zarbaga uchrab, o’zi muammolar girdobiga o’ralib qoldi.

Shundan so’ng musulmonlarni bu qarshiligini sindirish uchun o’zini tuban, jirkanch uslublarini ishga sola boshladi. Bu uslublaridan biri, musulmonlar o’rtasida mazxabchilik adovatini avj oldirish bo’ldi. Bu maqsadda AQSh Iroq hukumati va kuch tizilmalariga o’zini shartlariga ko’ngan hamda bu bosqinchi kuchlar bilan hamkorlik qilishga rozi bo’lgan shia mazxabiga mansub musulmonlarni olib kelib, ularning qo’li bilan sunniy mazxabidagi musulmonlarni terror qila boshladi.

Buning natijasida esa musulmonlar o’zlarini haqiqiy dushmani bo’lgan bosqinchi kuchlar qolib, bir-birlari bilan kurasha boshladi. Natijada Amerika o’zi ko’zlagan maqsadga erishib Iroqni o’z malaylari qo’lida qoldirib chiqib ketishga muvaffaq bo’ldi. Jirkanch mustamlakachi yoqib ketgan mazxabparastlik olovi esa xozirga qadar begunoh musulmonlarni o’z domiga tortmoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.