Misr talabalarini o’lim ham to’xtata olmayapti

592
0

Азхаре2

Misrda harbiylar tarafidan uyushtirilgan davlat to’ntarilishiga qarshi namoyishlar kecha juma namozidan so’ng yana davom etdi. Poytaxt Qohiraning G’izo mintaqasi hamda Sharqiya va Sadat shaharlarida qo’llarida bayroqlar va “Rabia” belgilarini ko’tarib olgan talabalar harbiy xuntaga qarshi yurishlar o’tkazdi.

Namoyishchilar 14-15 fevralda o’tkazilishi rejalashtirilgan referendumga qarshi “konistitutsiyani baykot qiling”, “harbiy xuntaning konistitutsiyasini baykot qiling”, degan shiorlar yozilgan lozunglarni ko’tarib chiqishdi.

Juma kuni erta tongdan e’tiboran, “Tahrir” maydoniga olib boradigan yo’llarda davlat kuchlari tarafidan havfsizlik chora-tadbirlari ko’rib qo’yildi. Maydonga kirish joyiga zirhli ulovlar bilan birgalikda qurollangan harbiylar joylashtirildi.

“Talabalar norozilik harakati” harbiy davlat to’ntarilishiga qarshi juma kuni “Tahrir” maydonida norozilik namoyishi o’tkazishni ma’lum qilgan edi.

Bunga qarshi Misr ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim o’z bayonotida “Tahrir” maydoniga juma kuni hech kim kiritilmasligini ma’lum qildi. “Tahrir maydoniga hech kim kira olmaydi. Bunga jur’at qiladigan kim bor?! Qani kelsinchi, ko’ramiz”, dedi u.

“ArabNyheter” axborot agentligining xabar qilishicha, Ismoiliyya, Fayyum, Iskandariya va Qohirada bo’lib o’tgan namoyish chog’ida politsiya kuchlari tarafidan otib o’ldirilgan odamlarning soni 19 kishiga etgan. Tabiiyki, bir nechta odam yaralangan va bir qanchasi qamoqqa olingan. Bundan bir kun avval o’tgan namoyishda ikki talaba hayotdan ko’z yumgan edi.

Misr xavfsizlik kuchlari qo’llariga tushib qolgan talaba qizlarni ham ayamayapti. Politsiya kuchlari qo’llaridagi qora tayoq bilan talaba qizlarni urib, tepayotgani va haqorat gaplar bilan so’kayotgani aks ettirilgan video lavha Internet tarmoqlarida namoyish etildi. Ammo hukumat kuchlarining talaba yigit-qizlarni ayovsiz kaltaklashlari va otib o’ldirishlari ularning namoyishlarini to’xtata olmayapti.

Misrning turli mintaqalarida namoyishlar tinmay davom etar ekan, Misr hukumatini vaqtincha boshqarib turgan Hazem Babloviy Al-Azhar shayxini ziyorat qildi. U ziyorat chog’ida Al-Azhar universiteti talabalarini “ekstrimistik” kuchlar tuzgan rejalar ortidan ergashmaslikka chaqirdi.

Turkiston: Misr xalqi, huddi bir xo’kkizni chola so’yib qo’ygandek, Muborakning rejimini tag tomiri bilan sug’urib yubora olmadilar. Endi bu rejim sarqitlari, saltanatni o’z qo’llarida ushlab qolishni xayotiy masalalari deb bilib, xatto Asad singari o’z xalqini qirib yuborishdan xam toymaydilar.

Азхаре3 Азхаре4 Азхаре6    Азхаре9Азхаре7  Азхаре1

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.