Turkiya Suriya bilan chegaralarini devor bilan o’rashni davom ettirmoqda

431
0

турецко-сирийской

 

 

Turkiya Suriya bilan chegaralarini balandligi to’rt metr bo’lgan devor bilan o’rash ishlarini davom ettirmoqda. Qurilish G’oziyontepa viloyatining janubiy-sharqiy qismidagi turk-suriya chegarasida olib borilyapti.

Devor 900 kilometrga cho’zilgan chegara bo’ylab barpo etiladi. Bu qurilgan devor Suriyadan Turkiya hududiga o’tayotgan noqonuniy muhojirlarni kamaytirish maqsadida barpo etilmoqda.

Karqamish tumani hududida devorni qurish ishlari xali ham davom etmoqda. Turkiya hukumati oktyabr oyi o’rtalarida Nusaybin shahrining janubiy-sharqiy qismida ajratib turuvchi devor qurishni boshlab yuborgan edi. Biroq, mahalliy aholi va “Tinchlik va demokratiya” kurdlar partiyasi devor qurilishiga qarshi chiqishgan, Nusaybin shahar meri Oysha Gekxon esa devor qurilishiga qarshilik bildirib ochlik e’lon qilgan edi.

Noyabr oyida turk politsiyasi ajratuvchi devor qurilishiga qarshi namoyish o’tkazgan yoshlarni suv otar qurol vositasida tarqatib yuborgan edi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Muammar Guler avval devor qurilayotganini inkor etgan, keyinchalik, mazkur devor mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun qurilayotganini aytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.