Bangladeshdagi harbiy zobitlar va nufuzli olimlarga nido

519
0

bgnll (17)

Hizbut Tahrir – Bangladesh viloyati 27 dekabr juma kuni Bangladesh poytaxi Dakka shahrida va Muktandon mintaqasida namoyish va norozilik yurishlar uyushtirishdi. Namoyish o’tkazishga bel bog’lagan Hizbut Tahrir a’zolari avvaldan bu haqida e’lon qilib, musulmonlarni namoyishga targ’ib qilgan edi.

Poytaxt Dakka va yaqin mintaqalardan juda ko’p Hizbut Tahrir a’zolari va tarafdorlari yig’ilishdi. Ular takbirlar va kalimai shahodat bilan qo’shin ichidagi xolis zobitlar va xalq ichidagi ko’zga ko’ringan nufuzli olimlarga qarata murojaat qilib, Xalifalik davlatini tiklash uchun Hizbut Tahrirga yordam berishga chaqirishdi.

Kutilmaganda boshqa bir tarafdan Dakkaning turli universitetlaridan yig’ilgan yoshlar jamoasi ham Hizbut Tahrir a’zolari olg’a surayotgan talablar yozilgan lozunglarni ko’tarib namoyish o’tkazilayotgan joyga kela boshladi.

Hukumatga tobe kuchlar namoyish o’tkazilayotgan mintaqaga olib boradigan yo’llarni bekitib, talaba yoshlarni Hizbut Tahrir a’zolari bilan birlashib ketishiga to’sqinlik qilishdi. Buning uchun ko’zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o’qlardan foydalanib, yoshlar harakatini ta’sirsiz holga keltirishga harakat qilishdi. Lekin yoshlar xavfsizlik kuchlarining haddan tashqari kuch ishlatishiga qaramay, matonat bilan namoyish joyini tark etishmadi.

Hech bir shaklda moddiy harakatga qo’l urmay, tinch namoyish o’tkazgan musulmonlar xavfsizlik kuchlari tarafidan ayovsiz kaltaklandi. Politsiya kuchlarining namoyishchilarga qarshi o’t ochishi natijasida Hizbut Tahrir a’zolaridan 10 kishi og’ir jarohat oldi. Xavfsizlik kuchlari 18ta Hizbut Tahrir a’zosini qamoqqa olgani aytilmoqda.

bgnll (1) bgnll (3) bgnll (4) bgnll (5) bgnll (9) bgnll (14) bgnll (15) bgnll (16) (1) bgnll (19) bgnll (20)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.