Xalq Islom davlatini intizorlik bilan kutmoqda

501
0

01

Suriyaning eng yirik guruhlaridan biri bo’lgan “Ahrorush Shom” guruhining qo’mondoni Hassan Abboud Al-jazira telekanaliga intervyu berdi.

“Ahrorush Shom” qo’mondoniga ko’ra, Suriyada jang olib borishdan maqsad faqat Asad rejimini qulatish emas, balki Asad rejimini qulatib, uning o’rniga Islom davlatini tiklashdir.

“Ilk maqsadimiz Asad rejimini qulatishdir. Undan so’ng chegaralarni yo’q qilish. Biz zulm daftarini yopib insonlarga xotirjamlik baxsh etadigan Islom davlatini tiklashni istaymiz. Xalqning istagi ham aynan mana shu. Xalq buni sabr bardosh va intizorlik bilan kutmoqda”, dedi qo’mondon intervyusida.

“G’arb Islomni faqatgina jazolar qonunidan iborat deb talqin qiladi. Aslida Islom hayot nizomidir. Islomda tashqi siyosat va tijorat kabi insonlar orasidagi o’zaro aloqalarga oid masalalarning ham hukmi mavjud. Islom insonlarni “amri ma’ruf va nahi munkar” qilishga buyuradi”, “Inson huquqlarini nazorat qiluvchi tashkilotlar biz haqimizda tarqatayotgan yolg’on xabarlarga kelsak, ular manba sifatida rejimga tayanadi. Ular betaraf emaslar”, deya qo’shimcha qildi Hassan Abboud.

Al-jazira jurnalisti tiklanajak Islom davlati kamsonli millatlarga qanday munosabatda bo’lishi va bu davlatda ayollarning ta’lim olish huquqi bor-yo’qligi bilan qiziqdi. Unga javoban qo’mondon “Islom nizomi G’arb qonunlaridan keskin farq qiladi. G’arbning tenglik tushunchasi bilan Islomniki bir biriga ziddir. Hatto Suriya muxolifatidan biri bo’lgan xiristian Mishel Kilo ham Islom nizomi ostida yashashni bir muammo deb qaramaydi. Islom insonlarning haqlariga rioya qiladi”. “ayollarning esa shariat belgilab bergan chegaralarga ko’ra ta’lim olish va ishlash huquqlari bor”, deya urg’uladi.

Suriyadagi boshqa islomiy guruhlar bilan munosabatlari haqida Abboud shunday dedi: “Biz qo’zg’olon boshlangandan buyon barcha guruhlar bilan birgalikda harakat qildik. Suriya ozod armiyasiga keladigan bo’lsak, ularning bu qo’zg’olonga hech bir ta’siri yo’q. “Jabhatun nusra” jamoasi Asad rejimiga qarshi juda kuchli va davomli kurashgan bir jamoadir. Ularning boshqa jamoalar bilan urushganligini ko’rmadik. Shunday davom etar ekan, biz ular bilan hamkorlikda rejimga qarshi jang olib borishga tayyormiz. “Iroq va Shom Islom davlati” bilan ham hamqorlikda kurash olib borgan vaqtlarimiz bo’ldi. Ular ham, biz ham, “Jabhatun nusra” ham, Islom davlatini tiklash uchun kurash olib bormoqdamiz. Faqat “Iroq va Shom Islom davlati”ning ba’zi taktika va strotegiyasini qabul qilmaymiz xolos.

Suhbat asnosida qo’mondon Jeneva-2 konferentsiyasiga qatnashishni qat’iyan rad qilar ekan, AQSh va G’arbning Islom davlati tiklanishidan qo’rqqanligi uchun bu konferentsiyasini o’tkazishga qattiq urinayotganini ta’kidladi.

“Jeneva-2 konferentsiyasiga biz aslo qatnashmaymiz. U erga boradigan jamoalarning maydonda hech bir ta’siri yo’q. Hatto unga qatnashmoqchi bo’layotgan Suriya milliy koalitsiyasining o’z oralarida ham birlik yo’q. Ular biz o’rtaga tashlayotgan alternativ, ya’ni Asad rejimining o’rniga keladigan tuzumdan qattiq qo’rqishadi. Bu alternativ haqiqatda barchaning orzularini amalga oshiradi. Biz Jeneva-2 konferentsiyasini inqilobdan ko’zlangan maqsaddan burib qo’yadigan hamla deb bilamiz. Bizning maqsadimiz aniq. Maqsadimizga erishmagunimizcha to’xtamaymiz. Jeneva-2 konferentsiyasida qabul qilingan qarorlarning biz uchun zarracha qadri yo’q, u faqat Suriya milliy koalitsiyasiga tegishli. Biz esa kurashimizni davom ettiraveramiz”, dedi qo’mondon Abboud.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.