Ota-onaga yaxshilik qilishga oid savolga javob

519
0

images (2)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Fethi Marouanining Ota-onaga yaxshilik qilishga oid savollariga javoblar

Savol:

Bismillahir Rohmanir Rohim

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

«Islom davlati» kitobining Islom davlatining ichki siyosati haqidagi mavzuda bunday deyiladi:

«Fuqaroligi bo’lgan har bir odam – musulmon yoki g’ayrimusulmon bo’ladimi – shariat uning uchun belgilab bergan huquqlardan foydalanadi. Kimning fuqaroligi bo’lmasa, garchi u musulmon bo’lsa ham, bu huquqlardan mahrum. Masalan, bir musulmonning onasi nasroniy bo’lib, islomiy fuqarolikka ega. Otasi esa musulmon bo’lsa ham, islomiy fuqarolikka ega emas. Shunga ko’ra uning onasi undan nafaqa olishga haqli. Otasi esa haqsizdir. Agar onasi undan nafaqa talab qilsa, onasi fuqarolikka ega bo’lgani uchun qozi unga nafaqa berishga hukm chiqaradi. Agar otasi o’g’lidan nafaqa talab qilsa, u fuqarolikka ega bo’lmagani uchun qozi unga nafaqa berish uchun hukm chiqarmaydi va uning daovosini rad etadi.

Savol shuki, shaxsning musulmon yo g’ayrimusulmon bo’lishidan, Islom davlatining fuqarosi bo’lishi yo bo’lmasligidan qayt’iy nazar, inson ota-onasiga yaxshilik qilib, ularga mehribonlik bilan xorlik qanotini past tutmog’i vojib emasmi? Agar bu musulmon qonunbuzarlik qilib, Islom davlatidan tashqaridagi shaxslar haqqiga tajovuz qilsa va o’z davlatiga qochib o’tsa, so’ng ular kelib, uning ustidan shikoyat qilishsa, qozi ular Islom davlati fuqarosi emas degan hujjat bilan ularning da’vo-shikoyatlarini qaytarib yuboradimi? Shuni batafsil yoritib berishingizni umid qilamiz, Alloh bizdan sizga ko’p yaxshiliklar bersin, vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Bu erda bir-biridan alohida-alohida ikki masala bor: qozilik hukmi, ota-onaga yaxshilik qilish: Qozilik hukmi shuki, shaxs harb (kufr) diyorida yashab, o’sha davlat fuqarosi bo’lsa, uning Islom diyoridagi qarindoshlari va yaqinlaridan nafaqa olish uchun da’vosi qabul qilinmaydi. Sababi, diyorning turli bo’lishi moliyaviy huquqni vojiblikdan boshqa tomonga burib yuboradi. Shuning uchun harb diyoridagi shaxslarda moliyaviy huquq bo’lmaydi. Chunki, imom Muslim Sulaymon ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A bunday deydilar:

«كَانَ رَسُولُ اللَّهِ A إِذَا أَمَّرَ أَمِيرًا عَلَى جَيْشٍ أَوْ سَرِيَّةٍ أَوْصَاهُ فِي خَاصَّتِهِ بِتَقْوَى اللَّهِ وَمَنْ مَعَهُ مِنْ الْمُسْلِمِينَ خَيْراً، ثُمَّ قَالَ… ثُمَّ ادْعُهُمْ إِلَى التَّحَوُّلِ مِنْ دَارِهِمْ إِلَى دَارِ الْمُهَاجِرِينَ وَأَخْبِرْهُمْ أَنَّهُمْ إِنْ فَعَلُوا ذَلِكَ فَلَهُمْ مَا لِلْمُهَاجِرِينَ وَعَلَيْهِمْ مَا عَلَى الْمُهَاجِرِينَ، فَإِنْ أَبَوْا أَنْ يَتَحَوَّلُوا مِنْهَا فَأَخْبِرْهُمْ أَنَّهُمْ يَكُونُونَ كَأَعْرَابِ الْمُسْلِمِينَ يَجْرِي عَلَيْهِمْ حُكْمُ اللَّهِ الَّذِي يَجْرِي عَلَى الْمُسْلِمِينَ وَلاَ يَكُونُ لَهُمْ فِي الْغَنِيمَةِ وَالْفَيْءِ شَيْءٌ إِلاَّ أَنْ يُجَاهِدُوا مَعَ الْمُسْلِمِينَ…»

«Rosululloh A biron qo’shin yoki sariyaga amir tayin qilsalar unga Allohdan taqvo qilishni va qo’l ostidagi musulmonlarga yaxshilik qilishni vasiyat qilib, bunday der edilar… So’ngra ularni o’z diyorlaridan muhojirlar diyoriga ko’chishga da’vat qil, agar shunday qilishsa, muhojirlar uchun bo’lgan huquqlar ular uchun ham bo’lishini, muhojirlar zimmasidagi vazifalar ularning zimmasiga ham tushishini xabar ber. Agar ko’chishdan bosh tortishsa, ular musulmon a’robiylar kabi bo’lishlarini, musulmonlarga joriy qilinadigan Alloh hukmi ularga ham joriy qilinishini, o’lja va fay (jangsiz olingan o’lja)da ular uchun hech narsa bo’lmasligini, faqat agar musulmonlar bilan jihod qilsalargina o’ljadan ularga ham tegishini xabar ber…». Ushbu hadisdagi Rosululloh Aning: «o’lja va fayda ular uchun hech narsa bo’lmasligini», degan so’zlarining ma’nosi, ko’chishdan bosh tortishlari ulardan o’lja va fay olish huquqini yo’q qiladi, deganidir. Shu o’lja va faylarga boshqa mollar ham qiyos qilinadi, ya’ni mol bilan bog’liq boshqa huquqlari ham yo’q bo’ladi. Demak, muhojirlar diyori hijrat bilan bog’liq shar’iy ahkomlarga muvofiq mavjud bo’lgan paytda unga ko’chib o’tishdan bosh tortgan va kufr davlati fuqarosi bo’yicha qolgan musulmon moliyaviy masalada har qanday moliyaviy huquqdan mahrum qilinish jihatidan g’ayrimusulmonlar kabi bo’ladi. Ya’ni unda musulmonlarda bo’lgan huquq bo’lmaydi, musulmonlar zimmasida bo’lgan vazifalar ham uning zimmasida bo’lmaydi. Bu esa u muhojirdar diyoriga ko’chmagani uchun unga moliyaviy ahkomlar tatbiq etilmasligini anglatadi. Shuning uchun harb diyoridagi otaning Islom diyoridagi o’g’liga bo’lgan da’vosi – agar bu da’vo nafaqa kabi moliyaviy huquq bilan bog’liq bo’lsa – qabul qilinmaydi. Chunki diyorning farq qilishi moliyaviy huquq vojibini man qilgan. Bu moliyaviy huquq to’g’risidagi qozilik hukmi haqida.

Ikkinchi masala, ya’ni ota-onaga yaxshilik qilish masalasi. Bu boshqa masala bo’lib, diyorning farq qilishi ota-onaga yaxshilik qilishdan man qilmaydi. Buning dalili Alloh Subhanahuning ushbu so’zi:

«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik, agar ular sen o’zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishing uchun zo’rlasalar, u holda ularga itoat etma, (Barchangiz) Menga qaytursiz, bas Men sizga qilib o’tgan amallaringiz xabarini beraman» [Ankabut 8]

Imom Buxoriyning Asmo bint Abu Bakr Hdan qilgan rivoyati ham dalil bo’ladi, Asmo dedi: Rosululloh A zamonida oldimga onam keldi, u mushrik edi, shunda men Rosululloh Adan: onam menga rag’bat qilyapti, u bilan aloqa qilsam bo’ladimi, deb fatvo so’radim. Shunda u kishi: «Ha, onangiz bilan aloqa qiling», dedilar.

Endi, qonunbuzarliklar, jinoyatlar va boshqa ishlar haqidagi savolingizga kelsak, ularning ahkomlari boshqa. Diyorning farq qilishi bu ahkomlarni ijro qilishga to’siq bo’lmaydi, balki shu ishlarga xos shar’iy ahkomlarga muvofiq amalda yoki hukman urush holatini yoki sulh tuzilgan davlatning holatini e’tiborga olgan holda ajratiladi…

Misol uchun, ushbu oyati karima:

«Mo’min mo’minni o’ldirshi mumkin emas, faqat bilmagan holda o’ldirgan bo’lsa mumkin, kim bir mo’minni bilmay o’ldirib qo’ysa, (buning hukmi) bir mo’min qulni ozod qilish va marhumning egalariga – agar kechib yubormasalar – xun to’lashdir, agar marhum o’zi mo’min bo’lib, sizlarga dushman qavmdan bo’lsa, (buning hukmi) faqat bir mo’min qulni ozod qilishdir, agar u orangizda sulh tuzgan qavmdan bo’lsa, (buning hukmi) uning egalariga xun to’lash va bir mo’min qulni ozod qilishdir, bas, kim (qul) topishga qodir bo’lmasa, (buning hukmi) Allohga tavba qilib, muttasil ikki oy ro’za tutishdir, Alloh bilim va hikmat egasi bo’lgan zotdir» [Niso 92]

Ko’rib turibsizki, musulmon musulmonni amalda urush holatidagi diyorda, ya’ni

(Sizlarga dushman qavmdan), bilmay o’ldirib qo’ysa, uning hukmi

(Bir mo’min qulni ozod qilish)dir. Agar u ahdlashilgan harb diyorida, ya’ni

(Orangizda sulh tuzgan qavmdan bo’lsa) buning hukmi

(Uning egalariga xun to’lash va bir mo’min qulni ozod qilishdir, bas, kim (qul) topishga qodir bo’lmasa, (buning hukmi) Allohga tavba qilib, muttasil ikki oy ro’za tutish)dir. Shunga ko’ra, moliyaviy huquq boshqa masalalardan farq qiladi. Hatto ba’zan moliyaviy huquq bitta diyorning o’zida ham farq qiladi, masalan, musulmon kofirdan va kofir musulmondan meros olmaydi, hatto ikkilasi Islom diyorida bo’lsa ham. Rosululloh A bunday dedilar:

«وَلاَ يَرِثُ الْقَاتِلُ شَيْئاً»

«Qotil hech narsa meros olmaydi» (Abu Dovud rivoyati). Yana bunday dedilar:

«لاَ يَرِثُ الْكَافِرُ الْمُسْلِمَ، وَلاَ الْمُسْلِمُ الْكَافِرَ»

«Kofir musulmondan va musulmon kofirdan meros olmaydi» (Imom Ahmad rivoyati).

Xulosa shuki, harb diyorida, uning fuqarosi bo’lgan holda yashayotgan va Islom diyori mavjud paytda unga ko’chib o’tishni rad qilgan musulmonning Islom diyorida yashayotgan o’g’li ustidan moliyaviy huquqlar haqidagi da’vosi qabul qilinmaydi. Ota-onaga yaxshilik qilish bundan o’zgacha, ya’ni musulmon farzand kofir ota-onasiga yaxshilik qiladi. Agar ota-onasi uni Alloh Subhanahuga shirk keltirishga majburlashsa, ularga itoat qilmaydi. Bunga aloqador boshqa masalalar, masalan, ota amalda urush holatidagi qo’shinda jang qilayotgan bo’lsa, bular shar’iy ahkomlari alohida… Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Rushta

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.